Hayot
Inson hayoti davomida turli
sinovlarni boshidan o’tkazadi qaysilarigadir sabr toqat ila chidaydi yana qaysi
birigadir taslim bo’ladi. Xom sut emgan bandamizda ollox bergan buyuk tuyg’u
tiriklikning qadriga yetmaymiz. Hayotimizga tashvish oralab bo’y ko’rsatgandan
so’ngina yaratgan egamga iltijolar qilamiz.
Bu noshukrlik degan do’stimiz
bizning qarindoshimizga aylanib qolgan. Yon atrofga nazar tashlasak har bitta
tirik jonning dardi bor. Kimdir sevgi yo’lida adashgan, yana kimdir turmushidan
noliydi, kimlardir ota-onasining qadriga yetmagan, ba’zilarning esa ko’zidan
yosh emas qon oqayotganini ko’ramiz, mehribonli uylarida onajon deya
zorlanayotgan mungli ko’z yoshlar guvohi bo’lamiz. Ba’zilar esa o’sha beg’ubor
farishta timsolida gavdalangan bolaga zor. Xullas bu achchiq hayot deya
boshimizga bir urib ko’nglimizga mushtlagancha dunyoni ayblab ketamiz. Aslida
bu hayot sahna unda yashayotgan insonlar esa oddiy aktyorlar ekan, faqatgina
o’ynayotgan rolimizning salbiy yohud ijobiy bo’lishi hayotda qanday yashamog’imizga
bog’liqdir. Atrofimizdagilar hayotidan ibrat olib yashasak nolish degan honish
biz barpo etgan shu kichik dunyomizni tark etadi. Odamzot azaldan shunday
yaralgan baxt kelsa suyinib, dard kelganda hayotni tarki dunyo etishga ollox
bergan buyuk ne’mat tiriklikdan vos kechishga ham tayyor turamiz. Baxtga qanday
kulib omadga iliq munosabatda bo’lganimizdek g’am kelganda ham sabr bilan
og’a-ini tutinib shodon qarshilasak ular bizning hayotimizga mezbon bo’lib emas
bir ikki kunlik balki soniyalik mexmon bo’lib ketarlar. Inson qiyinchilik
girdobida qolganda yonidagi do’stlariga suyanadi, shunday do’stlar bo’ladiki
sening hayotingda sen bilan, g’amlaring bilan yashay oladigan. Yana shunday
toifadagi do’stlar borki faqat baxting kulganida oldingda soxta niqob taqib
turadigan. Hayotning sinovlari vaqt degan odil hakam o’zi ajratar ekan do’sting
kimu dushmaning kim. Do’stlarni o’zimiz tanlaymiz ammo vaqt faqat haqiqiy
do’stlarinigina yoningda qoldiradi. Seni oldingda balki ikkita balkim bitta
do’sting qolar o’shanda xafa bo’lmay shodlan negaki sen chin do’stingni topgan
uni anglagan bo’lasan. Taqdirdan nolimayman bergan sinovlaringa shukr ollohim
xaqiqiy do’stlarimni umrini uzun iqbolini barqaroq qilgin.
Zarina Amonturdiyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий