пятница, 18 августа 2017 г.

KECHA KIM EDIGU,  BUGUN KIM BO’LDIK.

Go’zal ona diyorimizda bayramlar ko’p shodiyonalar bisyor. Deyarli har kuni tantanalar tadbirlar nishonlaniladi. Ajabmas xozirda bizda taralayotgan kuy-qo’shiq ohanglari qaysidir bir davlatda o’q ovozi bo’lib yangrayotgan bo’lsa.  Bolajonlarmiz, qaqajonlarimiz kulgusi boshqa bir mamalakatda yig’i aralash ingranilayotgan bo’lsa. Achchiq bo’lsada bu xaqiqatdir.


Ozod va obod jannatmakon O’zbekistonimizda go’daklar faqatgina shodlanadi, quvonadi. Yoshlari taffakuri teran yorqin kelajak sari intlishadi. Chehrasida nur aks etgan  keksalarimiz doimo  shukronalik ila qo’llarini duoga ochishadi. Bunday buyuk  ne’matlar istiqlol sharofati ila in’om etildi. Darhaqiqat, tinch elning bo’g’i gulllar deydi xalqimiz. Yurtmiz tinch osoyishta bir piyola choyni ham bag’ri butunlikda oila davrasida xotirjam ichamiz. Beshikda yotgan chaqaloqlar ham onasining mexrga limmo-lim bo’lgan allasi ila uyg’onishmoqda. Bunday buyuk tinchlik atalmish ne’matning qadriga yeta olishimiz va shukr qilishimiz lozim. Xech qaysi bir mamlakatda O’zbekiston yoshlariga yaratib berilgan imkoniyatlar yo’q. Mana senga imkoniyat iqtidoringni ko’rsatmoqchimisan saxna seniki, iste’dodingni ko’rsatmoqchimisan mana senga ulkan qanot deya berilgan imkoniyatlar bisyor. Fan, ta’lim, adabiyot, sport, madaniyat va san’at xoxlagan yo’nalishlarida tengdoshlarimiz izlanishmoqda, ijod qilishmoqda.
Ozodlik ham obodlik ham shunchaki o’z –o’zidan kelgan emas. Bu xurriyat uchun qanchadan-qancha ajdodlarimiz qon yutishgan. Ular qilgan qahramonliklari bugungi kunda biz yoshlarga o’rnak, berilgan qimmatbaxo sovg’a sanaladi. Yurgan yo’lingiz gulzoru bog’lar atrofingizda esa baland mag’rur binolar. Istiqlol tufayli o’zbek  o’z  so’zi va o’z fkriga ega bo’ldi mustaqil bo’la oldi. Bir vaqtlar turtkilanib yashagan, qora nonga zor bo’lgan, oyoq osti bo’lgan O’zbek xozirda o’ziga bek xalq xisoblanadi. Mustaqillikdan keyin qisqa vaqt ichida vatanimizda tubdan o’zgarishlar bo’lib, isloxjtlar olib borilmoqda. Chekka –chekka xududlarda istiqomat qilayotgan  qishloq axolilari, yosh yigit-qizlarimiz ham bunday imkoniytlardan teng huquq ila baxramand bo’lishishmoqda. Pirviqor tog’lar adiru dalalar bag’rida yashayotgan tengdoshlarimiz o’z saloxiyati ila dunyoni lol qoldirishmoqda. Negaki viloyatlar tumanlarda ham shart-sharoitlar yetarli darajadadir. Mustaqillikdan so’ng  ayollarimiz ,qizlarimizga bo’lgan munosabat o’zgardi. Bugungi kunda erkaklar bilan teng xuquqli,  xar jabxada jonkuyarlik ila turli xil soxalarda faoliyat olib borishmoqda. Xotin-qizlar qo’mitasi partiyalar tomonidan yigit qizlarimiz uchun turli xil tanlovlar tashkil etilib ularning bilimlarini yanada mustaxkamlanmoqda.. O’z fikrini dadil ayta oladigan o’zbek xalqi yoshlari bugungi kunda jaxon mamlakatlarini o’z san’ati, sporti madaniyati va bilimi bilan qoyil qoldirishga erishdilar.
Istiqol dillarimizga zavq shavq baxshida etish bilan bir qatorda g’ururni ham inom etdi. Men o’zbekning  O’zbekistonning bolasiman deya mag’rurlana olamiz. Biz yoshlarga shunchalik katta chegarasiz imkoniyatlar eshigi ochilgan ekan buning qadriga yetgan xolda tinimsiz intilamiz chaqiriqqa yarasha labbay deb javob qaytaramiz va albatta vatanimiz yuzi bo’lishga bor kuchimizni safarbar etamiz. Tinchlik atalmish buyuk ne’mat qadriga shukronalar aylab yashaymiz. Qarshi olingan mustaqilligimizning 26 yoshi barchamizga muborak bo’lsin. ONA YURTIM  Fifoying bo’lgaymiz seni, tinchliginga ko’z tegmasin O’ZBEKISTONIM.
ZARINA  AMANTURDIYEVA
TOSHKENT DAVLAT MILLIY RAQS va XOREOGRAFIYA

OLIY MAKTABI SAN’ATSHUNOSLIK YO’NALISHI talabasi

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...