Umidlari so’ngan Umidjon
Sherobod tumani axolisining ham
ancha-muncha fuqarosi Rassiya davlatiga ishlash uchun ketgan. Ular orasida 20
yoshdan 25 yoshgacha bo’lganlari ham talaygina. Aksariyati maxalladoshlarining
bir-birini taklif qilishlari orqali ketgan bo’lsa,yana birlari tavakkalchilik
yo’lini tutib ketishgan. Nima bo’lganda ham oson ishning o’zi yo’q.
Qolaversa
begona shaxarda jon deb kutib oladigan jonkuyar insoni yo’q. Shu bois ishlash
uchun ketganlarning hammasi ham boyib jarag’-jarag’ pul bilan qaytishayotgani yo’q.
Aksincha ba’zilari ishlagan oylik maoshlarini ololmay sarsonu-sargardon bo’lsa.
Yana birlari og’ir mehnat natijasida qimmatli sog’ligidan ajralib qolmoqda.
Sherobod shaxrida yashovchi Umidjon ham boriga qanoat qilmadi. Tezda boyib
ketishni o’yladi. Ana shu orzu xavas uni Rassiya davlatiga yetakladi.
Dast-avval mahalladoshlari ishlayotgan xususiy qurilish firmalarining birida
ishni boshladi. Oylik maoshini vaqtida
ololmagach u yerdan ketib boshqa ish qidirdi. Bazo’r yana bir qurilish obektiga
ishga joylashdi. Bu yerda ish qiyin bo’lsa bo’ldiki oson bo’ lmadi. Asosiy ish
yangi turar joy binolarini qurish. Qiyinchiliklarga bardosh berish niyatida
tishni tishga qo’yib ishladi. 15-25 qavatli binolarning g’ishtini teradi.
Ko’kka bo’y cho’zayotgan binolar tepasidan pastga qaragan kishining boshi
beixtiyor aylanishi tayin. Umidjon ham anashu binolarning biridan qulashini
bilganida, bir umr nogiron bo’lib qolishini ilgariroq sezganda bu yurtlarga
boylik izlab kelmagan bo’lardi. Imoratlarning biridan pastga qulagan
Umidjonning tirik qolganining o’zi bir mo’jiza. Afsus bu tiriklik uni bir umrga
nogiron qilib qo’ydi. Shifokorlar fikricha bosh miya qattiq shikastlangan har
oyiga shifokor ko’rigida bo’lishi kerak. Aks xolda boylik ketidan quvgan
Umidjoning bugungi ayanchli axvoli faqatgina o’ziga ayon.
Комментариев нет:
Отправить комментарий