O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas
Otasining cho’ntagidan bir dona
sigaretni o’g’irlab, ovloq joyga borib, tutatayotgan, sigaretining achchiq
tutuniga dosh berolmay, bot-bot yo’talayotgan bolakay axvolini ko’z o’ngingizga
keltiring. Bu xolat ertasi kuni
yana takrorlandi. Yani sigareta o’g’rilash.
Bora –bora bolakayda organizmida
sigaretaga bo’lgan moyillik paydo bo’ldi. Endi u Ota-Onasidan olgan pulini asta
sekin sigareta olishga sarflaydigan bo’ladi. Qarabsizki, vaqt o’tishi bilan u
endi oshkora chekishga o’tadi. Ota-ona bunga befarq. O’z ishi bilan band
bo’lishib uning tarbiyasiga e’tibor ham berishmaydi. O’z holicha voyaga
yetayotgan bu o’spirin yigit o’zini kattalardek tutishga harakat qiladi.
Qaddini g’oz tutib ayrim tarbiyasi buziq bolalar davrasiga qo’ shilib o’zi
bilgan, xoxlagan ishini bajarishga harakat qila boshlaydi. Sigaretadan
boshlangan “kayf” endi asta- sekin giyoxvand modda istemoligacha yetib boradi.
Ota-ona buni kech payqaydi. Ammo endi
kech bo’lgan bo’ladi. Endi u bu zaxri qotilsiz turolmaydigan bo’lib
qolgan… birgina e’tiborsizlik,
beparvolik, loqaytlik ota-ona boshiga qancha tashvish gam-alam keltiradi. Buni
o’z vaqtida anglab yetganida edi bolasi bu axvolga tushmagan bo’lardi. Afsuski,
buni kech tushunib yatamiz. Umrini zomin qiluvchi bu ofatga berilib ketayotgan
ayrim yoshlarimizga achinamiz. Gul umrini oq ajal domiga tashlab qo’yishmoqda.
Ularning ertangi kelajagi qanday bo’ladi? Ulardan tug’ulajak farzandlar taqdiri
ne kechadi? Ana su xaqli savollar barchamizni birdek qiynaydi. Demak
bolalarimiz tarbiyasiga befarq bo’lmaylik!
Комментариев нет:
Отправить комментарий