вторник, 14 мая 2019 г.

Eldan ketib, el bo‘lganni kim biladi?

Eng baxtli inson qanday inson bilasizmi? Sog‘-salomat o‘z yurtida hayot kechirayotgan insondir. Yaxshi-yomon kuningda senga yelkadosh bo‘ladigan inson orasida yashash eng katta baxt emasmi? Shu baxtni anglab yeta olmagan insonlarni, pul, mol-dunyo deb o‘z vijdoni, eng achinarlisi Vatanining nomini qora qilayotganlar shu baxtni anglay olarmikan? Yo‘q anglashi qiyin, anglaganda ham juda kech anglay oladi.

Ayolni oilaning mustahkam “bog‘ichi” deydilar. U oila atalmish qo‘rg‘onni zavolga yuz tutishiga yo‘l qo‘ymasdan saqlab turuvchi kuchdir. Lekin, hayotimizda ayrim ana shu “nozikjins” vakillarining amalga oshirgan qabih niyatli faoliyatlariga aql bovar qilmaydi.
Asli Termizlik bo‘lgan Gulsara bugun qilgan qilmishlari uchun el- yurt, Vatani oldida kechirim so‘rab turibdi. O‘ziga to‘q oilada katta bo‘lgan Gulsarani maktabni ham to‘la tamomlashiga ulgurmasdan akasi Rossiya Federatsiyasiga ishga chaqiradi. U yerda Gulsarani Akrom ismli shaxsga turmushga beradi. Keyinroq Gulsaraga shu narsa ma’lum bo‘ladiki, akasi ham uning eri ham “Islom-jihodchilari” diniy ekstremistik tashkilotining a’zolari hisoblanishar ekan. Akasining ta’siri ostida Gulsara ham 2011-2012- yillarda - “Islom-jihodchilari”, 2014-yil dekabridan boshlab Afg‘oniston hududidagi “O‘zbekiston islom harakati” diniy ekstremistik tashkiloti ostidagi lagerlarda yashab, tashkilot faoliyatida ishtirok etib kelgan. Gulsaraning tashkilot faoliyatidagi ishtiroki asosan, tashkilot a’zolarining lager hududida yashayotgan bevalari holidan xabar olish, ularga kerakli bo‘lgan buyumlarni yetkazib berish bo‘lgan.
Yillab ketma-ket sarsonlik, musofirlik azobidan so‘ng, Gulsara qarmog‘idagi ikki nafar bolasi bilan 2018-yil 29-iyul kuni O‘zbekistonning Mazori-Sharif shahridagi konsulstvasiga borib, ularning yordami bilan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tib keladi. Gulsara bugun qilgan ishlaridan pushaymon, chuqur afsusda.
Bu kabi holatlarga tushmaslik uchun aynan birov emas, o‘z- o‘zimizni o‘zimiz nazoratga ola bilishimiz muhimdir. Yaratib berilgan keng sharoitdan munosib foydalana olishimiz, bizning uyg‘aytirgan Vatan uchun munosib inson bo‘lishimiz eng katta farzimizdir. Vatan yurt taqdiriga dahldorlik hissi bilan yashashni gapirarkanmiz, atoqli shoirimiz Iqbol Mirzoning quyidagi misralari beixtiyor qulog‘imiz ostida jaranglayveradi:
Eldan ketib, el bo‘lganni kim biladi?
Don axtargan go‘sht xo‘rlarga yem bo‘ladi.
Dil qonasa, ona tuproq yem bo‘ladi,

Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...