ODAM SAVDOSI
VA UNGA QARSHI KURASH DAVR MUAMMOSI
Bugungi kunda odam savdosi ijtimoiy xavfliligi
jihatidan kun sayin o'sib borayotgan jinoyatlardan biri bo'lib, unga qarshi
milliy va xalqaro miqyosda kurashni kuchaytirish, bunday qilmishlarni oldini
olishda zarur dasturlarni ishlab chiqish hamda mazkur muammoga qarshi
kurashishning xuquqiy asoslarini yanada mustahkamlash lozimligini davrning o'zi
talab qilmoqda.
Odam savdosi – umumiy ob'ektiga ko'ra,
shaxsning ozodligi, sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan
biri bo'lib, xalqaro uyushgan jinoyatchilikning tarkibiy qismi xisoblanadi.
Odam savdosi, ayniqsa, nihoyatda serdaromad faoliyat turi sifatida barchani e'tiborini jalb qilmoqda. Agar statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan
bo'lsak, klassik quldorlik xukm surgan to'rt asr davomida uning savdo
aylanmasida 12 millionga yaqin odam bo'lsa, so'nggi 30 yil ichida birgina
Osiyoda jinsiy qullikka mahkum etilgan ayollar va bolalar soni 30 milliondan
ortiqni tashkil etdi.
Ushbu qilmish tufayli olinayotgan daromad giyohvandlik vositalari va qurol-yarog' savdosidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlarga ko'ra, har yili 600 mingdan 800 minggacha ayollar va bolalar aldov yo'llari bilan chet ellarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.Shunday holatlar bizning yurtimizda ko’p takrorlanmasligini oldini olish maqsadida 2008 yil 17 aprelda O'zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishni tashkil etish, odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam ko'rsatish, odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik, bu sohadagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kabi masalalarni ham qamrab oldi.

Shuningdek, mazkur qonunga muvofiq hamda odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2008 yil 8 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda 2008-2010 yillarda odam savdosiga
qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha Milliy tadbirlar rejasi
hamda odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha Respublika idoralararo komissiya
to'g'risidagi Nizom tasdiqlanishi belgilab qo'yildi.
Respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat qilib belgilandi.
Respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat qilib belgilandi.
Оdam savdosiga qarshi kurashish sohasida davlat
organlari, fuqarolarining o'zini-o'zi boshqarish organlari va nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirish, odam savdosiga imkoniyat
yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari
samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish, odam savdosi
ko'lami, holati tendensiyalari to'g'risida axborot to'plash va tahlil etish, xududiy
idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, odam savdosi jabrdiydalariga
yordam ko'rsatish va himoya qilish ishlarini yaxshilish bo'yicha takliflar
tayyorlash, odam svdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun xujjatlarini
takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, odam savdosiga qarshi
kurashish masalalari to'g'risida aholini xabardor qilish tadbirlarini tashkil
etishdir.
Комментариев нет:
Отправить комментарий