вторник, 28 ноября 2017 г.

Buyuk inson hotirasi  mangu

Islom Karimov. 21-asr boʻsagʻasida oʻzbek millatining oʻzligini anglashi, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, oʻzbek nomini butun dunyoga tarannum  etgan inson. Ul inson buyukligi shundagi u odamlarning tafakkurini oʻzgartirish, ularning ongida yangi milliy gʻoya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahnamolik qilgan shaxsdir. O’zbekni o’zbek qilgan qadrini tiklagan zorning. Uning nomi bugun ham farzandlari diliga jo bo’lib mehr tuyg’ulari ila so’zga aylanib chiqmoqda. Buning isbotini kuni kecha o’z ko’zim bilan ko’rdim.


Tahririyatimiz bilan termiz tumanidagi 9 maktabga ijodiy uchrashuv o’tkazdik. Unda ijodkor o’quvchilarni ko’rib  quvondik. Ular orasidan to’rinchi sinf o’quvchisi bo’lgan bir qiz chiqdi. Uning she’rini eshirib bir lahzada butun zal larzaga kelib, o’tirgan insonlar qalbi junbushga to’ldi. Chunki u qizcha burg’ak qalbi ila Birinchi Prezidentimiz hotirasiga atab yozgan “Bobojonimiz yodimizda, qalbimizdasiz” degan she’rni aytgandi. Butun bir she’rda bobomizning, mustaqilligimiz asoschisi  biz uchun qilgan ishlari, farzandlari qalbida abadiy yashligi tarannum qilingan ekan. Shunda anglab yetdimki qancha vaqt o’tmasin, asrlar ham o’tmasinki Birinchi Prezidentimiz bizni nurli ozodlik yo’liga  olib chiqqan inson Islom Karimov yodi yuragimizda yashayveradi. Qisqa 25 yillik boshqaruv ichida O’zbekistonni O’zbekiston qilgan shaxs abadiydir.

"Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli", "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang", "Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli", "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin", "Istiqlol va maʼnaviyat", "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir", "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz", "Tinchlik uchun kurashmoq kerak", “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” kabi ko’plab asarlari bilan  farzandlari  qalbiga kirib borgan mustaqilligimiz asoschisi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimiv har birimizning qalbimizda mangu yashaydi. Zero, o’sib kelayotgan avlod yuragida hayotimizga qayta qaytadi Birinchi Prezidentimiz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...