Sherobodda chorvachilik, Muzrabotda
sholichilik rivojlanmoqda
Surxon
vohasida qishloq xo‘jaligi ekinlari, ayniqsa, sabzavotlar, xususan, pomidor,
bodring, bulg‘or qalampiri, piyoz, sarimsoqpiyoz, karam, gulkaram, brokkoli,
daykun, qizil lavlagi kabi mahsulotlar yurtimizning boshqa mintaqalariga
qaraganda ancha erta pishib yetiladi. Bunda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan
mahsulotlarning o‘z vaqtida sotib olinishi va xorijiy davlatlarga eksport
qilinishini tashkil etish muhim masala hisoblanadi. Shu bilan birga voha
tabiatiu chorvachilikni keng yo’lga qo’yish uchun ham juda qulay xisoblanadi.