среда, 13 марта 2024 г.

 Sherobodda chorvachilik, Muzrabotda sholichilik  rivojlanmoqda


Surxon vohasida qishloq xo‘jaligi ekinlari, ayniqsa, sabzavotlar, xususan, pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, piyoz, sarimsoqpiyoz, karam, gulkaram, brokkoli, daykun, qizil lavlagi kabi mahsulotlar yurtimizning boshqa mintaqalariga qaraganda ancha erta pishib yetiladi. Bunda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida sotib olinishi va xorijiy davlatlarga eksport qilinishini tashkil etish muhim masala hisoblanadi. Shu bilan birga voha tabiatiu chorvachilikni keng yo’lga qo’yish uchun ham juda qulay xisoblanadi.

Xususan Sherobod tumanida “Pomir agroklaster” MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 392 mlrd so‘mlik chorvachilik kompleksining qurilish ishlari jadal davom etmoqda.  Jami 175 ta doimiy ish o‘rni yaratiladigan loyiha doirasida 5 ming bosh zotdor qoramollarni parvarishlash kompleksi, yiliga 30 ming tonna sutni qayta ishlash va un mahsulotlari ishlab chiqarish zavodlari qurilishi rejalashtirilgan.


 Shu bilan birga Muzrabot tumanidagi “SCT cluster sholi” MChJ tumanning Amudaryo qirg‘oqlaridagi 20 ming gektardan ortiq yer maydonini yangidan o‘zlashtirib, bosqichma-bosqich foydalanishga kiritmoqda.  Tumanda shuningdek “Yangi diyor hamkor baraka” MChJ tomonidan fermer xo‘jaliklariga tumanlararo mineral o‘g‘itlar yetkazib berishni tashkil etish loyihasi taqdimot qilindi. Umumiy qiymati 20 mlrd so‘m, yillik quvvati 30 ming tonna bo‘lgan loyiha orqali Termiz, Qiziriq, Bandixon va Muzrabot tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarini sifatli mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash maqsad qilingan. oyihani ishga tushirish orqali 24 ta doimiy, 50 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.

 

Mastura Xamroyeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...