Surxondaryoda 75 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilandi
Xalqimizda yaxshi bir an’ana bor, bayramlarga aholimiz uchun tuhfalar tayyorlanadi, yangi ob’ektlar, binolar foydalanishga topshiriladi. Bu yilgi “Navro‘z” umumxalq bayramida ham surxondaryoliklar uchun bayram sovg‘asi sifatida 75 ta mahallada “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, bugun foydalanishga topshirildi.
Xususan, mezonlar asosida viloyatimizdagi 75 ta mahallada obodonlashtirish
va bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilishi natijasida 9 mingta uy-joy
ta’mirlandi, 604 ta ko‘chadagi yo‘llarning 64 km qismi asfaltlandi, 653 km
qismida shag‘allashtirish va betonlash ishlari amalga oshirildi. Hududlarda 5
ta ko‘prik yangidan qurildi va 2 ming kvadrat metr piyodalar yo‘lagi barpo
etildi.
Kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida 82 km ichimlik suvi
tarmog‘i ta’mirlandi, 19 ta yangi suv inshooti o‘rnatildi. Elektr energiyasi
ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 mingdan ziyod beton ustunlar o‘rnatildi, 149
km yangi elektr tarmog‘i tortildi va 68 ta transformator punktlari tashkil
etildi.
Bundan tashqari, 23 mingta foydalanilmayotgan tomorqa shudgorlanib, ekin
ekildi. Aholining undan foydalanib, daromad olishi uchun sharoit yaratildi. 655
km ariqlar qazilib, 126 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari
ekildi. Mahallalardagi 2 ming tonnadan ziyod chiqindilar olib chiqilib, tozalandi.
Ushbu mahallalarda 57 ta yangi ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga
topshirildi va 65 tasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mastura Xamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий