суббота, 21 июля 2018 г.

Odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish
O'zbekiston Respublikasi 2003 yil 12 dekabrda BMTning “Odam savdosi va uchinchi shaxslar tomonidan fohishabozlikning ishlatilishiga qarshi kurash to'g'risida”gi Konvensiyasiga qo'shilgan.


2008 yilda esa odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish va bu qilmish uchun jazolash to'g'risidagi BMTning “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risida”gi Konvensiyasini to'ldiruvchi protokolining ratifikatsiya qilinishi bu boradagi kurashning yana bir karra kuchaytirilganligidan dalolat bo'ldi. Zero, ushbu protokolning ratifikatsiya qilinishi mamlakatga odamlar savdosi to'g'risida aholiga ma'lumot berish, jinoyatdan jabr ko'rganlarni himoya qilish va xuquqni  muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan dasturlarni qo'llab quvvatlash orqali uning oldini olish va unga barham berish kabi majburiyatlarni yukladi. 
  Odam savdosiga qarshi kurashish o'z ichiga odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam ko'rsatish kabi masalalarni ham kamrab oladi. Bu borada odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko'rsatuvchi va ularni himoya qiluvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar, odam savdosidan jabrlangan bolalarga yordam ko'rsatish, odam savdosidan jabrlanganlarning xavfsizligini ta'minlash choralari va ularga beriladigan boshqa kafolatlar, ularning ta'minoti va reabilitatsiya qilish bilan bog'liq xujjatlarning o'rnini qoplash kabi muammolarning qonun tomonidan alohida belgilanganligi muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reablitatsiya qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish maqsadida amalga oshiriladi va mazkur shahslarga yuridik yordam berish, ularni psixologik, tibbiy, kasbiy reablitatsiya qilish, ularni ishga joylashtirish, ularga vaqtinchalik turar joy berishni o'z ichiga oladi. Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reablitatsiya qilish O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari va qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reablitatsiya qilishni amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilandi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...