Vatanimga muhabbatim ramzi
Yurt dovrug‘i, obro‘-e’tiborini dunyoga
namoyon etadigan sohalardan biri sportdir. Bu sohaga katta e’tibor qaratgan
davlat, mamlakatlarning fuqarolari sog‘lom bo‘ladi. Istiqlolga erishgan
O‘zbekistonda ham dastlabki yillardan boshlab aholi o‘rtasida sportning
ommaviyligini ta’minlashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi. Bugun esa barcha
yoshlarimiz sport bilan muntazam shug’ullanib keladi.
Baxrillo
Sobirov ham sportga oshno tutilib, asrlar davomida sayqallanib, mardlik ramzi
bo’lgan kurash bilan shug’ullana boshladi. Bola boshidan deganlaridek, qahramonimiz
Turon yakka kurashi va Kombat Aykido sport turi bo’yicha maktabda o’qib yurgan
kezlaridanoq yutuqlarga erisha boshlagan. 2008 yilda Turon yakka kurashi
bo’yicha yoshlar o’rtasida o’tkazilgan Denov birinchiligida faxrli birinchi
o’rinni, viloyat birinchiligida esa ikkinchi o’rinni egalladi. Hozirgacha bir
qator sport musobaqalarida yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda.
Ustozi
Jo’raqul Umarov talabchan bo’lib, qahramonimiz yutuqlarini qo’lga kiritishida uning
saboqlari yo’l ko’rsatgan. Davlat tomonidan sportchilarga ko‘rsatilayotgan
yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik o’z samarasini bermoqda. E’tiborlisi, sportchilarimizning
aksariyatini mustaqillik davrida tug‘ilib voyaga yetgan yigit-qizlar tashkil
etayapti.
-Sport
menda har bir mard o’g’londagi metn iroda, chidamlilik, o’z oldiga qo’ygan
maqsadlari sari ildamlashni o’rgatdi. Bugun
qaysi marralarni egallamoqchi bo’lmay
menga kurash mayoq bo’lmoqda. Erishayotgan yutuqlarim bilan Ona
Vatanimga muhabbatimni va sadoqatimni yana bir bor namoyon qilishga imkon yaratilmoqda. Shu yurt farzandi ekanman
yurtim sarhadlari osoyishtaligi va ravnaqiga o’z hissamni qo’shaman –deydi Baxrillo
Sobirov.
Mamlakatimizda insonni, uning mehnatini qadrlashga va
munosib rag'batlantirishga doimo katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi
kunda yoshlarimiz uchun barcha sohalarda o'z iste'dodi va salohiyatini namoyish
etishi, ta'lim olishi, sport bilan shug'ullanishi uchun yo'l ochilgan. Bunday qulayliklardan unumli foydalanib, Vatanimiz
ravnaqi uchun xizmat qilish bizning farzandlik burchimizdir.
Комментариев нет:
Отправить комментарий