четверг, 20 июля 2017 г.

Ertamiz egalari kelajagi uchun

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab bugungi kungacha mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy etuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga etkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ulkan  ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ayniqsa yaqindagina Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilishi yoshlarning ezgu g‘oya, aniq maqsad atrofida birlashtirishga zamin yaratdi.


Ushbu Yoshlar ittifoqining yigit-qizlarimizni birlashtirish maqsadini amalga oshirish uchun yurtimiz bo’ylab tashkilot ishini rejalashtirish va faoliyatini samarali tashkil etish borasida maqsadli ishlar yo’lga qo’yilmoqda. Shu asosda kuni kecha  viloyatimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Unda viloyat hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, ularning ta’lim-tarbiya olishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi oldida turgan muhim vazifalar xususida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi raisini saylash masalasi ko‘rildi va viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilib kelayotgan yosh, shijoatli mutaxassis Oxinjon Umarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi raisi etib saylandi hamda viloyat hokimining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib saylandi. Aytish kerakki ushbu mas’uliyatli lavozim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmoniga asosan viloyat hokimining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi bo‘yicha birinchi o‘rinbosarga tenglashtiriladi. Ma’lumot uchun Umarov Oxinjon Esanovich 1987 yil 2 iyulda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos mutaxassisligiga ega. 
Ushbu yoshlarning tayanchi sanalayotgan O’zbekiston Yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman Kengashlarining samarali faoliyat olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi, tumanlar markazidagi eng zamonaviy kollej binolari mazkur tashkilot tasarrufiga berilishi, ushbu binolardan unumli foydalanish, turli to‘garaklar, kitob do‘konlari tashkil etish, mazkur tashkilotning nufuziga mos holda tizimli faoliyat olib borilishi, faol yoshlarimiz, uyushmagan yoshlar bilan ko‘proq ishlanishi rejalashtirildi.

Shuningdek, so’nggi so’z o’rnida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 iyul kuni «O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorni imzoladi. Ushbu muhim hujjat yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yurt istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan tashabbuskor va shijoatli yosh avlodni voyaga etkazish kabi ezgu maqsadlarga yo'naltirilgan bo'lib, Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir keng ko'lamli chora-tadbirlar dasturini o'z ichiga olgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...