четверг, 20 июля 2017 г.

Maqsadli rejalar

Mustaqilligimizning 26 yilligiga munosib tayyorgarlik ko’rish, Prezidentimizning 27-iyun “Matbuot va OAV hodimlari kuni” da yo’lagan tabrigida keltirilgan vazifalar asosida viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi katta majlislar zalida O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi tashabbusi  va O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo’lib o’tdi.


Unda Matbuot va axborot agentligi hududiy boshqarmasi raxbari O’.Oltiboyev OAV hodimlar faoliyati, erishilayotgan yutuqlar haqida, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boshqaruvi raisi N.To’rayev viloyatda internet jurnalistikasini rivojlantirish, mustaqillik bayramini munosib kutib olishda jurnalistlar oldida turgan vazifalar, gazetalarda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar va e’lon qilingan  viloyat, respublika tanlovlari haqida batafsil to’xtaldi.
Yig’ilish so’ngida ko’rilgan masalalar yuzasidan qilinajak ishlar rejalashtirilib olindi.
Mastura


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...