понедельник, 15 апреля 2019 г.

Bahoringiz berib qo’ymang kuzlarga…

Individ, odam, shaxs kabi tushunchalarning o’zaro farqli ekanligiga e’tibor berganmisiz? Albatda, bular shunchaki sinonimlar emas balki, ma`zmunan farqli tushunchalardir. Har bir jonli mavjudot individ, har bir individ odam bo’lishi mumkin, lekin hamma ham to’laqonli shaxs bo’lib yetishmasligi mumkin. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak ko’rinishi oliy maqomidir. Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u muhit ta’sirida rivojlanadi, hayoti davomida muhit unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi: o’zgarishga uchraydi va ayni damda halokatga uchrashi mumkin. Shaxsning ham ma’lum iqtidor va qobilayatga ega yuksak ko’rinishi barkamol shaxs hisoblanadi. Barkamol shaxsni tarbiyalash va kamol toptirish esa har bir millatning eng katta pedagogik maqsadidir.
Shaxs kamoloti nafaqat o’zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ko’pchillik sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning asosiy ildiziga qaraydigan bo‘lsak, jinoyatga moyillik ularning bolaligidan mavjud ekanligini anglaymiz. Bola tarbiyasidagi buzulishlarni pedagogning yoki ota-onaning aybiga qo’yib qo’ymasligimiz lozim. Aksariyat holatlarda, muhit ta’sir etishini ikkinchi jihat deb qaraymiz. Aslida buning aksidir. 14 yoshli o‘spirining huquqbuzarlik sodir qilishiga tashqi muhitning ta’siri yuqori. Aynan muhit ta’sirida ular jinoyat va huquqbuzarlik “olami”ga kirib bormoqda.

Bugungi kunda dunyo miqiyosida o’smirlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlarning juda ko’pchiligini o’z joniga qasd qilish jinoyati tashkil etmoqda. 15 yoshdan 29 yoshgacha bo’lganlar orasida o’limga sabab bo’luvchi eng yirik ikki omildan biri bo‘lmoqda. 2012-yilda JSST o’z joniga qasd qilish holatlarini global muammo sifatida qayd etdi. Bugun shiddatli, har damni ko’z ilg’amas darajada tez o’tayotgan XXI asrda bolalarga yetarli e’tibor bera olayapmizni? Bugun imkoniyatlar, sharoitlar zamonida yashayapmiz, shuningdek bugun turli xil yot g‘oyalar, buzg’unchi fikrlar va mafkuralar kuchaygan davrda yashayapmiz. Shunday ekan, davlat tomonidan berilayotgan keng imkoniyatlar qatorida, farzandlarimizga birinchi navbatda biz e’tibor bera olishimiz juda muhimdir. “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan ibratli maqolimiz bekorga aytilgan emasku! Umrining eng go’zal davrini o‘tkazayotgan, yoshlarga befarq holatda bo‘lmaylik. Zero bahoringizni kuzlarga, xazonlarga berib qo‘ymang!

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...