вторник, 6 марта 2018 г.

QALBIM QUYOSHI- ONAM

Ona bu hayot demakdir. Ona borki olam bor oila atalmish buyuk qo’rg’on bor. Bir parchagina etni oq yuvib oq tarab voyaga yetkazadigan, jajjigina qalbga limmo-lim mehr singdira oladigan, pokizalik mehru muruvvat timsoli bu onalardir. Har bir qizning, yigitning hayotida o’z idealidagi insonlar ota-onalari bo’ladi.


 Kichikkina mittivoylardan sorashsa ham ular eng avvalo ota-onamni yaxshi koraman deya javob qaytarishadi. Ha, haqiqatdanda shunday. Ona sirdosh, maslakdosh, dartdosh, dostdir. Men o’z onamni farishtaga qiyoslayman. Negaki menga bu hayotda qanday yashashni o’z o’rnimni topa olishimni harakat qilishimni intilib izlanishimni oilaga muhabbatni halollik va poklikni o’rgatdilar.  Ba’zi bir oilalarda uchrab turadigan holatlar bizning oilamizda ham sodir bo’ldi desam adashmayman. Bugungi kunda san’at yo’nalishida ijod qilib kelmoqdaman. Aynan ijod va san’at yo’nalishni tanlashimga ham ota-onam sababchidirlar desam yanglishmayman. Oila a’zolarimizning ko’pchilik qismi bizning oiladan san’atkor chiqmagan qiz bolaga to’g’ri kelmaydi odamlar sen haqingda noto’g’ri fikrda bo’lishadi deb qarshilik bildirishgan. Ammo san’atga bo’lgan muhabbatim meni bu yo’ldan chalg’itmadi yana shunday narsadan ruxlandimki bu ota- onamning men haqimdagi, orzu- umidlarim haqidagi qarashlari va o’ylaridir. Ular meni har jabhada qo’llab- quvvatladilar. Onajonim agarda inson halol yo’ldan og’ishmay qadam bossa o’z kasbiga mehrli, vataniga sadoqatli bo’lsa o’sha inson dunyodagi eng baxtli insondir deya takror takror takidlaydilar. Men o’zimni ana shunday dunyodagi eng baxtli qizman deya baralla ayta olaman. Bunga judda ko’p misollar keltira olaman. Onam tufayli yaxshi tarbiyada iliq oilaviy muhitda ulg’aydim. Onam tufayli 50dan ortiq viloyat va respublika tanlovlarida ishtirok etib g’olib bo’lish nassib etdi. Onam tufayli 100ga yaqin maqola va she’rlarim viloyat va respublika matbuot nashrlarida chop ettirildi.20ga yaqin yoshlar hayotiga va bugungi kun masalalariga doir ko’rsatuv va lavhalar tayyorladim. 15dan ortiq salbiy va ijobiy obrazlari yaratuvchisiga aylandim. 100dan ortiq mult qahramonlariga ovoz bera oladigan dublyaj ustasi. 100dan ortiq milliy Estrada folklor yo’nalishidagi raqslar ijrochisiga aylandim. Bugungi kunda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oily maktabining san’atshunoslik yo’nalishi 4-bosqich talabasiman.  O’z ustimda tinimsiz mehnat qilishimga hamma narsada ildamlikda qadam tashashimga sababchi bo’lgan mehribon suyanchig’im onamdir. Mushtiparimning daldayu tasallilari meni doim shodlantiradi yanada intilishimga sabab bo’ladi. Ijod qilishimga zamin yaratadi. Onajonim har doim takidlaydigan so’zlari shunday.
O’g’il bola ko’p hunarli bo’lishi kerak qiz bola esa undanda ko’proq. Men shunday nasihatlariga amal qilgan xolda hozirda bir emas ikki emas uch to’rt yo’nalisha ijod qilib faoliyat olib kelmoqdaman. Raqs yo’nalishda ham matbuot jurnalisti, tele jurnalist, sennariynafist, dublyaj ustasi, qo’g’irchoq va drama yo’nalishidagi aktrisa kabi qator kasblarda o’z mahoratimni sinab intilishlarim samarasini namoyish etyapman. Bu yo’nalishlarning barchasida bugungi kunga qadar anchagina yutuqqa erishdim sababchisi esa  onam onam va yana onam bo’ladi. Bahor faslining 2-oyida yoshim 25ga to’ladi shunday bo’lsada hali hech nimaga ulgura olmadim deb o’zimni –o’zim koyiyman. Atrofimdagi insonlar buncha yo’nalishni odam bir paytda qanday teng olib borishi mumkin ikki qayiqni ushlagan cho’kadi deb uqtirishadi o’sha insonlarga aytgan va yana hozir aytmoqchi bo’lgan gapim onam menga shunday tarbiya bergan o’z vaqtimni bekor va behuda o’tkazmasdan bu hayotdan nimalardir olib va shu hayotga nimalardir berib yashashim kerak. Hayotga odamzot bir marta keladi umr esa g’animat sekin yurish emas yugurish yugurish va shoshib yashash kerak. Onajonim saboqlarini o’rganib va unga amal qilib kam bo’lmadim. Esimda bolalik paytlarimda mening tenqurlarim tengdoshlarim ko’chada erta tongdan kechga qadar o’ynashardi. Mening bunday bolalik lazzatidan bahra olishim cheklangn ya’ni soatlarga bo’lingan edi. Maktab saboqlari, qo’shimcha saboqlar, tengdosh bollar bilan vaqt o’tkazish, ovqatlanish hamma hammasi o’z vaqtiga ega taqsimlangan edi. O’shanda onamni juda yomon ko’rib ketganman nahotki hamma ko’chada mazza qilib  o’ynasayu , men tanlovlarga qatnashib yursam. Shunday lahzalarning ham guvoxi bo’lganmanki tanlovda ishtirok etgan paytlarimda oilaviy sharoitimiz yetishmovchiligi tufayli bir oz qiynalganmiz shunda tanlov ishtirokchisiga aylanib g’olib bo’lishimga onam sabab bo’lgan rasmiy xujjatlar tayyorlash ularni chiqarish uchun mablag’ kerak bo’lgan, onajonim tomoqlaridan qiyib tanish bilishlardan qarz olib 2 kunlab ovqatlanmasdan meni tanlovga ishtirok etishimni ta’minlab berganlar. Bugun hammasini rostini ochig’ini aytaman onajon. Sizning bunday zaxmatlaringiz o’z natijasini berish arafasida o’qishni tamomlab siz xoxlagandek o’z kasbimni yetuk mutaxassisiga yaxshi san’atshunos bo’lishga intilaman vatanini jonidan suygan mard qiz bo’lishga bor kuchimni safarbar etaman. Meni men qilib shu darajaga yetkazdingiz. Siz tufayli xalqaro tanlovlar g’olibiga aylandim. Tengdosh do’stlar orasida, oliygoxda, poytaxtda umuman olganda shu hayotda o’z o’rnimni topishimga  sababkorim sizsiz onam.  Siz istagandek qiz bo’lishga so’z beraman. Bu ona oldidaga farzand qasamyodi deb biling. Axir shuncha zaxmat chekdingiz hech nimadan kam qilmay boru yo’g’ngizni menga baxshida ettingiz. Tunlari xonamda chiroq o’chmasdan tanlov tadbirlarga tayyorlangan chog’larimda yonimda tunni tongga ulab turuvchi oy va quyoshim bo’ldingiz. Poytaxtda sizdan ozgina olis bo’lsamda meni duo qiling farishtam sizning bu bir- biriga chambarchas bo’lgan mehrli duolaringiz qalbimda allaqachonlar nish urib niholga aylangan. Bu duolaringiz siz va meni qalban mushtarak bog’lab turuvchi mehrlar silsilasidir. Mening onam, farzandi kamolini ollohdan so’rab baxtu iqbolimni tilagan onaginam sizga boshim yerga tekkuncha ta’zim qilaman. To tanamda jonim bor ekan yuragimning har bir urishida sizning mehringiz va ishonchingizni his etaman. Mendan faxrlanib yurishingiz uchun bor kuchimcha harakatda, mehnatda, ijodda, izlanish va intlishda bo’laman. Siz haqingizda qancha gapirsam ham oz qanday yaxshi so’zlar atasam ham kam negaki bularning hech biri bir kechalik uyqisiz tuningizni chekkan zaxmatlaringizni ta’riflab bera olmaydi. Onajon onajonginam baxtimizga sog’ bo’ling. Umr yo’lingiz uzun. Duoga ochilgan qo’llaringiz fayzli tilaklar bilan limmo-lim, bo’lsin. Yuzlariga ajinlari yarashgan onajonim qalbimdagi tumorim, mehr farishtam bayramingiz muborak bo’lsin.
ZARINA AMANTURDIEVA.
TOSHKENT DAVLAT MILLIY RAQS va
XOREOGRAFIYA  OLIY MAKTABINING

san’atshunoslik’ bo’limi 4-bosqich talabasi 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...