четверг, 9 ноября 2017 г.

OBODLIK  BUNYODKORI

  Yillar davomida har bir xalq yo’lboshchi hamrohligida shakllanib boradi. Qadriyatlari qadr topib yuksaladi. Qaysi bir xalqlar esa yo’lboshchisiz  unutiladi. Bu zaminda mustaxkam o’rin egalashimizda esa yurtbosh bo'lgan Islom Karimovning  dono,  ko’zlangan maqsadga yeta olishi bilan  nurovshon yo'lga boshlab, unutilishga emas qadr topishga  sabab bo'ldi. Bu katta jasorat.

Bundan 26 yil ilgari mustaqillik yo’liga chiqqan yurtimiz qisqa fursatda shunday maqsadli manzilni bosib o’tdiki, shu Vatan farzandi bo’lgan inson borki ortga qarab faqat hurramlik his qiladi. Butun  aholini nurli kelajakka ergashtira olgan inson esa bu Islom Karimovdir. Xalq adashmadi. O’tgan yillar davomida obodlik ayni shu inson qarori bilan amalga oshirildi. Shuning uchun ham faravon hayotdan shodon yashagan insonlar har vaqt Islom karimovni qo’llab-quvvatladi va ul zotni umrining oxirigacha yurtni boshqarishiga ishondi. Bobomiz esa xalq ko’nglidagini bilgandek hech qachon charchoq nima ekanligini  bilmay so’ngi nafasgacha  insonlar dardi ila yashadi.
U inson oramizda bo’lmasada qilgan ishlari bilan doim yonimizda. Ul zot harakatlari sabab O'zbekistonimizning bugun obod va faravonligi bilan  dunyo hamjamiyati  e’tiborida. Jahon mamlakatlari tinchlik, obodlik, hamjihatlik, insonlarning bir-biriga mehrini ko'rib havas bilan bizga boqishmoqda. Islom Karimov sabab yurtimiz ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan qolaversa barcha jabhalarda o'rnak bo'lmoqda.
 Hususan, jahon iqtisodiy forumi tomonidan e'lon qilingan reytingda keyingi 3 yilda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar orasida mamlakatimiz 5-o'rinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko'magida AQShning Kolumbiya universiteti tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy tadqiqotlar asosida e'lon qilingan “Butunjahon baxt indeksi”da Vatanimiz 158 ta mamlakat o'rtasida 44-pog’onani, Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari orasida 1-o'rinni egalladi. Tog’rida shu yurtda yashayotgan har bir inson hox u yosh, xox keksa bo'lmasin barcha birdek baxtli. Ayniqsa yoshlarimiz baxtiyor mamlakatning baxtiyor farzandiman deya baralla aytishmoqda.

Mastura Hamroyeva


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...