Osmonlarga bo’ylashgan buyuk
inson
Uzoq o’tmish. Oʻzbekiston mustaqilligi
eʼlon qilingunga qadar UzSSR
kommunistik partiyasi birinchi kotibi bo’lgan bu inson qat’iy metin iroda bilan Amir Temur,
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobolarimizga beshik bo’lgan
yurtni hurlikka yetaklab, 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasini ozodlikka erishtirdi. Bu
davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi
prezidenti, Oʻzbekiston Qahramoni Islom Abdugʻaniyevich Karimovdir.
1991-yil 31-avgustda
tarixiy voqea yuz berdi. Bu voqeani kurish uchun ne ne insonlar qahramona jon
bermagan dersiza. Lekin shu voqea yuz berdi. Oʻzbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Uni baralla Islom Karimov butun dunyoga
ma’lum qildi. Yo’lboshchiga ishongan xalq bu insonni Prezident bo’lishini istab,
uni Prezident bo’lishi uchun ovoz berdi. Mustahkam ishonch esa uzini namayon
qilmay qolmaydi albatta. Shu uchun o’zbek ahli ul zotni 1995-yil 26-martda
boʻlib oʻtgan umumxalq referendumida ham qayta saylandi va Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar
uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda ul zot muqobillik asosida Oʻzbekiston
Respublikasining Prezidenti etib yana qayta saylandi.
Yurt kelajagini xalq faqat Islom
Karimov nigohida ko’rardi. Shu sababmi u kishi umrining so’ngi nafasigacha yurt
dardi ila yashadi, xalqini jonidan
ortiq yaxshi ko’rdi
va har doim
o’z xalqi bilan birga
bo’ldi hatto umrining oxiriga
qadar. Shukrkim
ul zotning davomchisi bugungi Prezidentimiz Shavkat Miromonovich davom ettirib,
Islom Karimov boshlagan nurli yo’lni charag’on qilmoqda.
Islom Karimov bobomizdan buyuk bir ma’naviy
hazina ham qolganki unga qanchalik nazar tashlasak shunchalik tafakkurimiz
tiniqlashib dunyo qarashamiz kengayadi. Bu ul zot yozgan asarlardir. Ularda
jamlangan purma’no fikrlar shu yurtda yashayotgan har bir farzandga bir olam
bilim ulashgaydir. "Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli",
"Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang", "Oʻzbekiston-bozor
munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli", "Bizdan ozod va obod
Vatan qolsin", "Istiqlol va maʼnaviyat", "Vatan sajdagoh
kabi muqaddasdir", "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "Barkamol
avlod orzusi", "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari",
"Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq", "Olloh qalbimizda,
yuragimizda", "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard
maqsadimiz", "Tinchlik uchun kurashmoq kerak",
"Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari" va
“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kabi asarlarida iqtisodiyot,
ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan,
Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va
istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. O’quvchilar soni ortib hatto bu asarlar ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va
boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.
Islom Karimovdek buyuk inson
bizning qalbimizda mangu yashaydi. Chuqur hurmat ramzi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
25-yanvar qaror chiqardilar. Unga asosan 2016-yil oktabr oyida Islom
Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi, Toshkent shahar,
Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jomeʻ masjidi”
deb nom berildi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish
chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqildi.
Shuningdek, Samarqand shahrida
Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etishmoqda, O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi aks
etgan haykali Toshkent va Samarqand shahrida
o’rnatildi. Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom
Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom
Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha
joylashtirildi. Asaka shahridagi avtomobil
zavodiga, Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga Islom
Karimov nomini berildi.
Bu kabi ishlar qatori har bir
o’zbek qalbida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yodi abadiy ekan, ul zot
har birimiz qalbimizda yashaydi.
Mastura Hamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий