понедельник, 29 мая 2017 г.

Polvonlar maydoni g’oliblari

Surxondaryo. Alplar uchun beshik bo’lgan zamin bag’rida 26-29 may kunlari Termiz shahrida XIII bora O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at Termiziy xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Mazkur nufuzli turnir 1993 yildan beri muntazzam har ikki yilda bir o'tkazilib kelinadi. O'tgan davr mobaynida dunyoning 100 ga yaqin  davlatidan 700 nafardan ziyod polvonlari Termiz gilamlarida kuch sinashdi.
Navbatdagi turnir 73 kg, 90kg va mutloq vazn toifalarida bo'lib o'tadi. Turnirning mukofot jamg'armasi 56 ming AQSh dollardir. Turnirda 40 ta davlatdan 150 nafarga yaqin sportchilar va mehmonlar ishtirok etdi.
Turnir o’z yakuniga yetdi. Musobaqaning mutlaq vazn toifasida gilamga ko’tarilgan polvonlarning final bahsida hamyurtimiz Abdulla Xolyorov hal qiluvchi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritgan Artyom Osipenkodan ustun ekanligini isbotlab mutloq g’oliblikni qo’lga kiritdi. Rassiyalik kurashchi Artyom Osipenko kumush medalini ushbu vazn toifasida bronza medallari Bekmurod Oltiboev va Baxtiyor Mengliqulovlarga nasib etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini 25 000 AQSh dollari mutloq g’olibga nasib qilgan bo’lsa,mutloq vaznda 2– o'rin sohibi 10 000 AQSh dollari, 3 o'rin egalari (2 kishi) 5000 AQSh dollari bilan taqdirlanadi. 73, 90kg g'olib va sovrindorlariga ham yirik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mastura


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...