Xalqdan kuch olgan inson jasorati
Olisga emas bor yog’i yigirma
besh yil oldinga qaralsa mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy
o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosining dunyo sahnasiga katta kuch xalq
kuchi bilan chiqqani unutib bo’lmaydi. Bobolarimiz o’sha kezlarni hotirlaganda O‘zbekiston
mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab
chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan Islom Karimov jasoratini
eslashadi.
Xalqaro mezonlarga to‘la
javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi sifatida
yurtimizda uni hayotga tatbiq etish orqali insonlarni himoya qilish
kafolatlarini belgilab berdi. Xalqning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or
jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini
ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yo‘li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun
ustuvorligi, o‘tish davrida davlatning boshqaruvchilik roli, islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya kabi mashhur besh
tamoyilni o‘z ichiga oladi va u dunyoda "O‘zbek modeli" deb e’tirof etildi.
Dunyo uni tan oldi. Aholini uylab O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini,
sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlar, Chegara va
Ichki qo‘shinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etdi.
Quvonarlisi esa asrlar
davomida shakllanib kelgan an’analarimizni tikladilar. Sobiq ittifoq davrida
ko’milgan milliy urf odatlarimizga,
xalqimiz ma’naviy qadriyatlariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish,
asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimizni, bebaho tarixiy
merosimizni hayotga qaytarishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardilar. Xalqaro
maydonda O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini yuksaltirish, o‘zbek nomini butun
dunyoga tarannum etishga ulkan hissa qo`shdilar. Eng asosiysi yurtimizda
tinchlik-osoyishtalikni, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlik va
hamjihatlikni qaror toptirish, uni saqlash hamda mustahkamlashga beqiyos hissa
qo‘shdi. Yurtimizning turar joylarida yangi qurilishlar, shu jumladan, ulug‘
ajdodlarimizning qadamjolarini obod qilish, iqtisodimizning salohiyatini
oshirishda katta o‘rin tutgan yirik-yirik korxonalarni bunyod etishda, ko‘pgina
shahar va qishloqlarimiz shakl-qiyofasining tubdan o‘zgarishida bevosita
rahbarlik qildi.
Bugun yurtimni jamoliga
qarar ekanman Birinchi Prezidentimiz qilgan ishlar har bir qadamda, har bir
joyda insonlarning quvonch to’lako’zlarida barq urib turadi. Bizning mustaqil
davlatimizni nurli yo’lga chiqargan, obod qilgan bobomiz o’sib kelayotgan har
bir farzandlari qalbida o’chmas iz qoldirgan.
Mastura Xamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий