среда, 15 ноября 2017 г.

Har yutug’imizda hayotga qaytadigan inson

 Yurtboshi aholini nuravshon va faravon hayotga yetaklay olsagina xalq qalbini egallab, uning mehriga sazovor bo’ladi. Xalq unga ergashadi. Uning qarorlarini hurmat qilib,  yurt ravnaqi uchun hissa qo’shishni  o’zi uchun sharaf deya biladi. Bizda shunday bo’ldi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq insonlarni o’ylab qilingan harakatlar sabab aholi Islom Karimovga ergashdi. Chin ma’noda bugungi kungi obodlik  shu zotning  demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratishi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishi, yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab borishi bo'ldi.


O’tgan kunga nazar tashlaydigan bo’lsak,  O`zbekistonning bugungi taraqqiyotga erishishida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov davlat rahbari   sifatida olib borgan  siyosati yotibdi. Unga ko’ra yurtimizda  mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni yangilash, iqtisodiyot jadal sur’atlar bilan o‘sishi va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bu yo‘nalishlarni amalga oshirishning   garovi bo‘lmish tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatining izchil qadamlar bilan erkin rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan siyosatni davom ettirish va kuchaytirish, iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, soliq yukini kamaytirish, yuksak texnologiyalar bilan qurollangan tarmoq va ishlab chiqarish korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish,  o‘rta sinf vakillari – tadbirkorlik, fermerlik harakati va xususiy biznes tuzilmalarining, barcha moddiy va intellektual mulk egalarining manfaatlarini ustun qo‘yish, ularga to‘liq imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash amalga oshirildi.
Shuningdek,  iqtisodiyot yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash hisobidan xalqimizning real daromadlari va farovonligini oshirish, muhim ijtimoiy dasturlarni hayotimizga muvaffaqiyatli tadbiq etildi. Zamonaviy mehnat bozorini yanada kengaytirish asosida yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, sog‘liqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish, onalik va bolalikni himoya qilish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yordam va ko‘makka muhtoj toifalarga, kam ta’minlangan oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirildi, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tishga erishildi, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishga doir islohotlarni faol davom ettirildi, shu asnoda inson, uning huquq va erkinliklarini eng oliy qadriyat va boylik sifatida jamiyatimiz hayotida asosiy o‘ringa qo‘yish, "Inson manfaati har narsadan ulug‘" degan tamoyilni amalda ro‘yobga chiqarildi, mamlakatni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash ishlari jadal yo’lga qo’yildi.
 "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch" degan hayot haqiqatidan kelib chiqqan holda, madaniy va ma’rifiy sohalarda olib borayotgan ishlarning ta’siri va samarasini kuchaytirilib, har tamonlama chuqur bilim berish, o’sib kelayotgan yosh avlodni  ma’naviyati boy holda kamol toptirish borasida amaliy ishlab bajarildi.
Jamiyatimizda demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish, jumladan, bu masalaning eng muhim sharti va garovi bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tizimi, fuqarolik institutlari va nodavlat tashkilotlar faoliyatini,   ularning huquq va vakolatlarini kuchaytirish, jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ommaviy axborot vositalarining tom ma’noda to‘rtinchi hokimiyat sifatida faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan barcha huquqiy va tashkiliy  tadbirlarni amalga oshirildi,  sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning zarur tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha boshlagan ishlarning ta’siri va samarasini kuchaytirish,  sud tizimi mustaqilligini ta’minlandi, "Adolat – qonun ustuvorligida" degan tamoyilni amaliy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni  zamon talablari darajasiga ko‘tarish yo‘lida yangi, amaliy qadamlar qo‘yildi,  tashqi siyosat sohasida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, dunyo mamlakatlari bilan teng huquqli asosda sherikchilik qilish, yuzaga keladigan har qanday  mojaro va muammoni faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy  va huquqiy vositalar orqali hal etish, uzoq va yaqin qo‘shnilarimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va totuvlikda  yashash tamoyiliga qat’iy amal qilindi,  yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida totuvlik, turli millatlar va diniy konfessiyalararo hamjihatlikni yanada kuchaytirildi, Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish, milliy armiyamizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ko‘z qorachig‘iday asrash muhim ustuvor vazifa sifatida qaraldi.
Bu asosida qisqa yigirma besh yil davomida aholini qonun ila himoya qilingan, tinch osoyishta, farovon hayot qurildi. Uning poydevori shunchalik mustaxkamki, unda Birinchi Prezidentimiz hayot yo’li va o’z qollari, xalq ishonchi ila yaratilgan. Uni hech kim hech qanday yo’l bilan buza olmaydi. Zero, Birinchi Prezidentimiz qilgan ishlari mangu yuragimizga o’rnashgan. Shu sabab bugun ham ul zot har bir yutug’imizda qayta hayotga qaytayveradi.
Mastura Xamroyeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...