среда, 15 ноября 2017 г.

Qardiyatlar tiklangan zamin

Ko‘hna obidalarga boy O’zbekiston  betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan sayyoramizning turli o‘lkalarida afsonaviy shahar sifatida ma’lumu mashhurdir. Uning asl korki mustaqillik yillarida yana sayqallandi. Dunyo miqyosida tanilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qilgan bunyodkorlik ishlarini alohida aytib otish lozim. Zero, Ozbekiston Islom Karimov nomi  ila chambarchas bogliqdir.


Qadriyat, ananalarni tiklab, asrlar davomida oz bagrida asragan yurt oglonlari, allomalari, bobolarimizning shonu sharafini tiklab ularning asl qadrini butun dunyoga namayon qilgan ham ayni Islom Karimovdir. Shu onda Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya ochilish marosimida aytgan sozlari yodimga tushdi. Unda: Men bu fikrga alohida urgu berib aytmoqchiman. Chunki, tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish, taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Qayerda tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina ilm-fan markazlari, akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi. Eng asosiysi, ta’lim-tarbiya ravnaq topib, unga qiziqish, e’tibor kuchayadi. Tinchlik-barqarorlik bo‘lgan joydagina odamlar o‘qib-o‘rganishni, har tomonlama rivojlanishni istaydi. Odamlar kechasi uyquga yotib, ertalab turishga qo‘rqmaydigan, ertaga ularning boshiga qandaydir muammo yoki ofatlar kelmasligini bilgan taqdirdagina shunday bo‘ladi. Bu haqiqat ko‘p asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan va ishonchim komilki, bugun bu mavzuda gapirishning o‘zi ortiqcha. Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bo‘lgani haqida qadimgi baqtriya, so‘g‘d, o‘rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy tasviriy san’at asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi. Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi. Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob – usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida “nilomer” degan, ko‘p asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi.”
Darhaqiqat,  Birinchi Prezidentimiz  aytganlaridek  bilimning, tafakkurning  tiniqligi buyuk shaxslarni kamol topdirishga omil bo’ladi. Bunday insonlar esa tinch barqaror joydagina  iqtidorini namoyon qilishiga sharoit yaratishini alohida ta’kidlaganlar. Ma’lumki, o‘sha davrlarning an’analariga ko‘ra, ma’rifatparvar mutafakkir va faylasuflar, olimlar va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida panoh topganlar. Ular orasida IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va "Baytulhikma", ya’ni "Donishmandlik uyi" degan nom bilan shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun dunyoga dong taratdilar.
Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.  Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’tkir jehn ila  ularning nufuzi haqida usha konferensiyada  gapirgan edilar.
Shu sababmi  ul zot tarixsiz kelajak yuq deya o’tmishda dunyoga o’rnak bo’lgan Navoiydek, Boburdek,  Xakim At-Termiziydek, Amir Temurdek, Jaloliddin Manguberdidek ajdodlarimizga munosib farzand bo’lib ulg’ayishi uchun farzandlar tarbiyasi ularning bilim olishlari uchun mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq shaoitlarni yaratib berdilar. Eng asosiysi esa biz uchun eng kerakligi hotirjamlik ila tinchlik degan ulug’ ne’matni o’z qo’llari bilan berdilar.

Mastura Xamroyeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...