пятница, 30 октября 2015 г.

BARCHA BOLALAR IMKONIYATGA EGA

Barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarda alohida ehtiyojli bolalarni o‘qitish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlash, soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday bolalarni o‘qitish, zamonaviy talablarga javob beradigan maxsus maktab-internatlar, ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyatini zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish, ularda o‘quv-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalar izchil joriy etilmoqda.
Otgan Soglom bola yilida, bu borada katta ishlar amalga oshirildi.  Joriy  2015 yilda ham bu ishlar izchil davom etmoqda.  Birgina 2015 yilning fevral oyidan yurtimizdagi 5 ta viloyatida sinov asosida yo’lga qo’yilgan “O’zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inkluziv ta’lim” loyihasi o’z samarasini bermoqda. Quvonarlisi ushbu loyihada Surxondaryo viloyati ham kiritilgan. Kuni kecha tayanch maktabi hisoblangan Termiz shahridagi 3-maktabda loyiha asosida amalga oshirilgan ishlar va ularga OAV ni jalb qilish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda viloyat OAV hodimlari, Sog’liqni saqlash, xalq ta’limi boshqarmalari, bandlikka ko’maklashish markazi mutaxassislari ishtirok etdi.
Viloyatda loyiha bo’yicha hamda imkoniyati cheklangan bolalarni o’qitish, ularni qo’llab-quvvatlash bo’yicha 3-maktab direktori Gulnara Xolmatova, 7-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Ozoda Polvonova, Bandlikka ko’maklashish markazi  hodimi Hojiakbar Tursunov, Xalq ta’limi Termiz shahar bo’limi mutaxasisi A’zam Bekpo’latov ma’lumotlar berishdi. Jurnalistlar mavzu yuzasidan savollariga ham javob olishdi. Tadbir so’ngida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi treneri  Nargis Qosimova fikrlarini aytib o’tdi.
Loyiha asosida o’tkazilayotgan bunday uchrashuvlar loyiha samarasini OAV orqali keng jamoatchilikka yetkazishga imkon beradi. Zero,  tashkil etilayotgan seminar va uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad ham nogiron bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, talim samaradorligini oshirish, ularni kasb-hunarga yollash, jamiyatning tolaqonli va teng huquqli azosi etib voyaga yetkazishdan iboratdir.

Mastura Xamroyeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...