BARCHA BOLALAR IMKONIYATGA EGA
Barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarda
alohida ehtiyojli bolalarni o‘qitish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish,
ularning salomatligini mustahkamlash, soha uchun malakali mutaxassislar
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday bolalarni o‘qitish, zamonaviy
talablarga javob beradigan maxsus maktab-internatlar, ixtisoslashtirilgan
markazlar faoliyatini zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish, ularda
o‘quv-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalar izchil joriy etilmoqda.