воскресенье, 17 ноября 2024 г.

Oqtepa muhofaza zonasida plogging aksiyasi o’tkazildi

 


Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2024-yil 10-sentabrdagi tegishli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi “Yosh ekologlar” harakati Kengashining 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan “Chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda  Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda plogging aksiyasi tashkil etildi.



Shu o‘rinda «Plogging nima?» degan o‘rinli savol tug‘ilishi shubhasiz.

 Plogging  bu ma’lum masofada yengil yugurish bilan birgalikda belgilangan masofadagi chiqindilarni yig‘ishdir. Ushbu harakat 2016 yilda Shvetsiyada paydo bo‘lgan. Mahalliy yuguruvchi Erik Axlstryom ko‘chalarda bir necha hafta yotishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi chiqindilarni ko‘rib qoladi va u har kuni ishga ketayotib, yugurgancha, ularni qopga joylaydi va belgilangan joyga tashlab o‘tadi. Shu ishini ijtimoiy tarmoqlarga joylab do‘stlari bilan baham ko‘radi. Axlstryomning ushbu harakati butun dunyoga yangi loyiha sifatida tarqab, O‘zbekistonimizga ham kirib keldi.Hozir bu harakat biroz o‘zgarib, jamoa bo‘lib chiqindilar bilan ifloslangan hududda o‘tkazilmoqda. Bunda ekovolontyorlar yuguradi, egiladi, ya’niy jismoniy mashq bajaradi va albatta polgging o‘tkazilgan joy chiqindilardan tozalanadi.

Ekoaksiya davomida talabalar va ko'ngililar  “Oqtepa” suv ombori bo’yida yig’ilib qolgan har xil maishiy chiqindilar terib chiqildi.

Tadbir davomida  50 kilogrammdan ortiqroq chiqindilar yig’ildi va Jarqo’rg’on tumanidagi chiqindi poligoniga yuborildi.


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Бизнинг экологик муаммоларимиз ўзимизники   Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг дастлабки кунлариданоқ экологик муаммога долзарб...