вторник, 13 февраля 2024 г.

“Bobotog‘” kanalida 30 foiz suv tejaladi
 Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanidagi 18,6 ming gektar maydonni sug‘orish uchun oqova suvlari yetkazib beruvchi “Bobotog‘” kanali 1976-yilda qurilgan bo‘lib, umumiy uzunligi 43 kilometrni tashkil etadi. Prezidentimizning tegishli qarori bilan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga moslashgan holda boshqarish” loyihasi doirasida 2023-2026-yillarda kanalning 25,1 km qismini betonlash rejalashtirilgan.

Bugun kunning ikkinchi yarmida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu kanalda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Ekin maydonlardagi sug‘orish tadbirlarini kechiktirmaslik maqsadida, qisqa muddatda foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda kanaldan suv berish grafigini ishlab chiqish hamda betonlash ishlarini sifatli amalga oshirish topshirig‘i berildi.

Ma’lumot uchun, “Bobotog‘” kanali orqali Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanida yetishtirilayotgan 5 908 gektar g‘alla maydoni sug‘oriladi.

Viloyat rahbari tumanlarga tashrifi davomida 2024-yil hosili uchun g‘alla va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlarini yetishtirish ishlari bilan ham tanishdi. Ob-havoning nisbatan iliqligi maysalarga turli kasalliklar tushishiga sabab bo‘lishini inobatga olib, profilaktika ishlarini sifatli bajarish, o‘g‘itlash, sug‘orish tadbirlarini muddatlarida olib borish topshirildi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...