понедельник, 12 февраля 2024 г.

Bandixon tumanida 150 ish o‘rniga ega korxona ishga tushirildi

  “Chinor” mahallasi hududida “Bandixon agroklaster” MChJning umumiy qiymati 26 mlrd so‘m bo‘lgan, jami 150 ta ish o‘rni yaratilgan, paxtani dastlabki qayta ishlab, tola olish korxonasi ishga tushirildi.  

Ushbu korxona MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning bir qismi bo‘lib, yana 450 ta ish o‘rni yaratiladigan paxta va sun’iy toladan ip-kalava ishlab chiqarish hamda tikuvchilik korxonalari qurilishi ham davom ettirilmoqda. 

Shuningdek tumanda  “Obod turmush shifo klinikasi” MChJ tomonidan 5 mlrd so‘mlik loyiha evaziga bunyod etildi. Xususiy klinikada 35 ta ish o‘rni yaratish, kunlik 200 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish hamda 25 ta statsionar davolanish o‘rinlarini tashkil etish loyihalangan. Klinika ishga tushgach fizioterapiya, EKG, UZD, stomatologiya, LOR, ginekologiya, nevrologiya, terapiya va biolaboratoriya kabi xizmat turlari tashkil etiladi hamda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatlari yaratiladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...