Surxondaryo viloyat televideniyesi. Jurnalistikaga
kirib kelgan yosh borki nu maskanda ishlashni orzu qilmasa. katta jamoa
shakllangan televideniyada yurtimiz mustaqilligi ilk yillarida ish boshlagan
bo’lib, tajribali jurnalistlarni jamlagan tajriba maktabi bo’ldi. Ana shu
tajriba maktabining vakillaridan biri Mavjuda opa Nasrullayevadir. U viloyat televideniyesining ilk boshlovchisi
va ilk jurnalisti, suxandoni ekanligini bugungi jurnalistikaga kirib kelayotgan
yoshlar bilishmasa kerak.
Yoshlik kezlarim esimda televizor orqali Mavjuda
opaning lavhalarini ko’rib, havas bilan shu sohaga qiziqish uyg’ongandi.
Hozirda esa Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo’limida ishlab ko’plab
ustozlar qatori Mavjuda opaning ham umr yo’llari va tajribalari yo’g’rilgan
suxbatini olishga sazavor bo’ldim. Kuni kecha opa bilan suxbatlashar ekanman
xotiralarini yodga olib:
Viloyat
televideniyesidagi chiqishlarimni nafaqat Surxondaryoda balki qo’shni Tojikiston,
Afg’oniston, Turkministon respublikalarining teletomoshabinlarigacha yetib
borgandi. Televideniyaga minnatdorchilik
xatlari ham kelgan. Bundan juda ruxlanganman. “Ayol qalbi", “Muqaddas ayol”, bolalar uchun
"Shirintoy”, “Mening mahallam", "Oltin ostona",
"Qishloq hayoti", "Tadbirkor - yurt tayanchi" "Obodlik
ostonadan boshlanadi” kabi bir qator turkum ko’rsatuvlarim katta qiziqish bilan
kutib olingani meni hursand qilgandi. – deydi ustoz Mavjuda opa.
Umr yo’lida televideniya mashaqqati bilan toplangan
ustoz Mavjuda opa bilan suxbatlashgan har bir bo’lajak jurnalist xotiralar
qaridan o’zi uchun katta tajriba maktabi sabog’ini olgandek bo’ladi albatta.
Aytishim kerakki men uchun televideniya sohasida men uchun mukammal qahramon
bo’lgan ustoz bilan bilan bir kun ko’rishish 12-13 yoshar qizaloqligim
kezlarim hayolimga ham kelmagan edi.
Darhaqiqat aytish kerakki ustoz mehnati
va ijodi bilan yurtga tanildi. Shu bilan birga faoliyati ham yuqori baxolanib
bir qator, jumladan xotin-qizlar
ijodkorlar o’rtasida o’tkazilgan respublika “Atirgul"ko’rik-tanlovida
go’lib deb topildi. Shuningdek "Eng ulug, eng aziz", tanlovi, Tashabbus tanlovining "Eng faol jurnalist” nominatsiyasida ham
g’olib bo’ldilar.
Yaqinda esa O‘zbekiston
faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi
Vasiylik kengashining 2023 yil 27 maydagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni
bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning
iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash,
yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali
mehnat qilgan pensiya yoshidagi yurtdoshlarimizdan bir guruhi “Mehnat faxriysi”
ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Ular
safida 5 nafar farzandning mehribon onasi, ustoz Mavjuda
Nasrullayeva ham borligi bizni quvontirdi.
Suxbat baxonasida ustozing ushbu yutuq bilan ham tabriklab, duolarini ham oldim.
Mastura
Xamrayeva
O’zJU
Surxondaryo viloyat bo’limi mutaxassisi
Комментариев нет:
Отправить комментарий