пятница, 7 апреля 2023 г.

 

BARQAROR HAYOTDAN  KELAJAK  SARI


Surxondaryo viloyati migrantlarining safar oldidan tayyorgarligini kengaytirish orqali mehnat migrantlari xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq xavflarning oldini olish, zaif migrantlar va ularning oila a'zolarini reabilitatsiya qilish, reintegratsiya va ijtimoiy moslashishni tashkil etish uchun psixosotsil yordam ko’rsatish maqsadida “Barqaror xayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi tomonidan «Markaziy Osiyoda Xavfsiz Migratsiya» loyihasi doirasida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.

USAID, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi, hamda, Winrock International notijorat tashkilotning O‘zbekiston Respublikasidagi filiali ko‘magida   ushbu loyiha 2021-yil sentabr oyidan boshlanib, 12 oyga rejalashtirilgan edi. Ammo, loyiha doirasida qo’yilgan talablar to’liq bajarilganligi inobatga olinib, yana 15 oyga uzaytirildi. Shu bilan birga 2022-yil sentabr, oktabr, noyabr oylari davomida Surxondaryo viloyati tumanlarida o‘tkazilgan loyihasi doirasida chet elda qo‘lida hunari bo‘lib, ishlolmay qaytib kelgan, chet elga chiqishga ta’qiqi bor, odam savdosi qurboniga uchragan migrant fuqarolarga “Kichik tadbirkorlik faoliyatini boshlash” mavzusida o‘quv treninglar tashkil qilindi. Ushbu treningda jami 84 nafar o‘quvchi ishtirok etib 13 nafar migrant tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ariza bilan murojaat qilishdi. Ularning orasidan 11 nafar migranning biznes rejasi loyiha doirasida qo’llab-quvvatlandi.  Mahalliy   Tashqi Mexnat Migratsiya Agentligi Surxondaryo filiali, Viloyat maxalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi, Viloyat xotin-qizlar boshqarmasi, Termiz shahridagi “Malakali mutaxassislarni tayyorlash” markazi, Termiz shahar Xalqaro Aeroporti,  Surxondaryo Arxitektura va qurilish texnikumi hamkorligida  loyihaga yurtdoshlarimizni kengroq targ’ibot tadbirlariga jalb qilishga imkon yaratildi.





Kuni kecha fuqarolar orasidan o‘z tadbirkorlik rejalarini taqdim etgan va tanlovda g’olib chiqqan fuqarolarga o‘z-o‘zini band qilish, qo’shimcha ish o’rnini yaratish va o‘zi yashab turgan mahallasida fuqarolarga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maqsadida alyumin profildan eshik va rom ishlab chiqarish, avto ustaxona tashkil qilish, tikuvchilikni boshlash uchun, payvandchilik uchun, baliqchilikni rivojlantirish uchun, oziq-ovqat do‘koni tashkil qilish uchun, qandolatchilik ishini boshlash uchun, erkaklar sartaroshligini tashkil qilish uchun, non maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun kerakli asbob-uskunalar beg’araz berildi.

Mastura Xamroyeva

 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...