вторник, 14 декабря 2021 г.

 Termiz shahridagi islohatlar jurnalistlar nigohida


So’ngi besh yillik mobaynida yurtimizning barcha jabhalarida yangilanish, rivojlanish, tadbirkorlarga keng yo’l va barcha shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Yurtimizning boshqa shaharlari kabi qadimiy Termiz zaminida ham katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Kundan kunga chiroy ochib borayotgan shahar,yangilanishlari bilan tanishtirish maqsadida  Termiz shahrida jurnalist va blogerlar ishtirokida  media-tur tashkil qilindi.



Dastlab ijodkorlar 2021 yil  umumiy qiymati 12 milliard mablag’ asosida faoliyatini boshlagan 350 o’rinli “Волшебный замок” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lishdi. MTT dan so’ng  zamonaviy, dunyo andozalari asosida bunyod qilingan  "Prezident maktabi" ga yo’l olishdi. O’quvchilarning dars jarayonlari va ularning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan  jurnalistlar tanishishdi.










Shundan so’ng Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining XXXXI-sessiyasida ham jurnalistlar ishtirok etdi. Unda  shahar hokimi Isroil Bo‘riyevich Xudoyberdiyev Termiz shahrida 2021 yilda amalga oshirilgan islohotlar hamda 2022 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan “Xalqqa murojaat” qildi.











Sessiya yakunida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga tashkil qilingan matbuot anjumanida   shahar hokimi javob berdi.

Mastura Xamrayeva

O’zJIU Surxondaryo viloyat bo’limi mutaxassisi

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...