Karantin sabab kelajakka yo’l ochganlar
2020 yil butun dunyoni lol qoldirgan virus aniqlandi. Qancha insonlar kasalangan koranavirus sabab yo’qotishlarni ham chetlab o’tmadi. Shu bilan birgalikda ayni shu karantin sabab kelajagiga tamal toshini qo’ya olganlar ham borki ularni irodasiga qoyil qolasan kishi.
Asli kasbi hamshiralik bo’lgan Salomat Jo’rayeva shaxsiy stomatologiya klinikasida ishlardi. Karantinda ish joyi yopilgach uyda qolib, o’rgangan hunari orqali yaxshigina foyda olishga kirishdi. Uy sharoitida quroqchilik bilan shug’ullanib, bo’lajak kelinlarimiz seplarining yanada chiroyli bo’lishiga hissa qo’shdi. Matolardan qolgan turli xil qiyqimlar, ip va sabr bularning barchasini jamlagan holda ishga kirishdi. Qahramonimiz karantin e'lon qilinganidan buyon ellik juft quroq yostiqlarini tayyorlab bo’libdi. Har bir juftini esa o’ttiz ming so’m atrofida sotar ekan. Mahsulotlarni olishga esa umumiy uch yuz ming harajat qilgan. Sof foyda esa bir million ikki yuzni tashkil etdi. Quroqchilikdan tashqari qishda kiyish uchun yengsiz nimchalar ham tikishni yo’lga qo’yib, sotuvga ham chiqargan.
Mamadaliyeva Sobira Bahodir qizi. Toshkent davlat Agrar universiteti Manzarali bog‘dorchilik mutaxasissligi 1-bosqich magistranti. Karantin vaqtda o’z sohasi bo’yicha tatqiqotlarni boshlab yubordi. Golubika ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasi bòyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib qishloq xo‘jaligi sohasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Saidov Hayitmurod Toshbobo o'g'li. Uzun tumani Qarashiq mahallasida yashaydi. Hozirda Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabasi.
Karantin vaqtida asalarichilik bilan shug'ullanishni boshladi. Bu sohada bilmaganlarini o’rgandi. Bugun esa bu hunari unga yaxshigina daromad keltirmoqda.
Mastura
Комментариев нет:
Отправить комментарий