Surxondaryodagi baxshichilik san’ati festivali mehmonlari yangi aeroportda kutib olinadi
Termizda jahon andozalarga mos xalqaro aeroport barpo etildi.Zamonaviy yirik inshootning qurilish ishlari “Termizta’minot” korxonasi tomonidan ikki oyda yakunladi.
Mutaxassislarning aytishicha, eski aeroport bir soatda yuz yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, yangi inshoot bir yo‘la 400 kishini qabul qilish quvvatiga ega bo‘lmoqda. Hozirgacha bu yerda bir vaqtning o‘zida bitta samolyot qabul qilingan bo‘lsa, endilikda yangi aeroport hududiga bir paytning o‘zida ikkita samolyot qo‘nishi mumkin.
Zamonaviy va milliy qiyofada bo‘y ko‘rsatgan aeroport qurilishiga xorijiy davlatlarning maxsus materiallaridan ham foydalanildi. Keng, ko‘rkam binoning shifti va pol qismiga xorijda ishlab chiqarilgan materiallar o‘rnatildi. Tashqi fasadi Turkiyaning hashamdor keramik granit materiali bilan bezatildi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий