вторник, 19 марта 2019 г.

Moddiy qo’llab-quvvatlanmoqda
Mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik kabi ezgu fazilatlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlar ularning yashash turmushini yaxshilashga imkon yaratmoqda.


Hayotimizda ko‘ngli kemtik, mehrga muhtoj jismonan nosog‘lom va nogiron  insonlar ham mavjud bo‘lib, jamiyatimizda ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga keng e'tibor qaratilib kelinmoqda. Qadim tarix va yuksak madaniyatga ega bag‘rikeng o‘zbek halqi har doim nogiron va nochorlarning boshini silab kelgan.
 Yurtimizda imkoniyati cheklangan insonlarni yangi uylar bilan ta’minlash bo’yicha qatorishlar amalaga oshirildi. Viloyatimizda yangitdan qad rostlayotgan turargohdan uy ajratilmoqda. Yaqinda Termiz shaxrida istiqomat qiladigan 2- gurux nogironi Adxam Raxmonov ham ana shunday shinam uyga ega bo’ldi.
Barcha sharoitlarga  ega bo’lgan uy Adxam aka oilasiga quvonch ulashdi. Endilikda bir oila  yangi uyda yangi orzular bilan yashamoqda. Yurtboshimiz g’amho’rligidan minnatdor. Xuddi shunday Xakim Yusupov va Norqiz Jo’raqulovalarga ham yangi uylar taqdim etildi.
Mastura Xamroyeva.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...