пятница, 15 марта 2019 г.

17 ta oila uyli bo’lishdi
O‘zbekistonda yashovchi kam ta'minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ma'naviy va moddiy yordam bugungi kunga kelib keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ushbu oilalarning moddiy holatini yaxshilash uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyatimizda  kam ta'minlangan, ayniqsa, nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularni uy- joy bilan ta’minlash maqsadida  Jarqo’rg’on, Boysun va Sariosiyo tumalarida 17 ta kam ta’minlangan oilaga yangi uylar kaliti topshirildi.
Davlat hisobidan ajratilingan 16 milliard so’m mabag’dan 6 milliard 9655 million so’m evaziga 65 ta kam taminlangan oila uchun uylar barpo etildi. Viloyatimizda faqatgina shu bilan ish to’xtab qolmay 490 ta kam ta’minlangan oila uylari ta’mirlandi, 168 kishiga tibbiy xizmat ko’rsatilindi. 3100 oilaga 2 milliard 968 million 660 so’mlik gaz plitali, balon reduktori, ulanish shalangi olib berildi.
Quvonarlisi tijorat banklarida  kam ta’minlanga oilalar uchun mikrokreditlar ajratilgan bo’lib,  vohada 934 oilaga 8.9 milliard so’m imtiyozli kredit berildi. Olingan kreditlar samarasi o’laroq 62 nafar oila tomorqasini rivojlantirdi. 62 nafai ixcham issiqxonalar tashkil etgan bo’lsa 24 oila parranda, 966 tasi esa qoramollik bo’lib bugungi kunda parvarishlamoqda.

48 ta uy o’z egalariga topshirilishi esa, ularga  Navro’zga bayramona tuxfa bo’ldi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...