O‘zbekiston harbiylari Denovda maxsus
taktik-o‘quv mashg‘ulot o‘tkazdi
Surxondaryo
viloyati Denov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa,
Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya,
prokuratura, DXX Chegara qo‘shinlari hamkorligida hududning xavfsizligini
ta’minlash yuzasidan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
– Ikki kunlik maxsus tadbirda Mudofaa vazirligining
hududdagi harbiy xizmatchilari, tuman hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar
bo‘limi, boshqa mutasaddi idoralar va keng jamoatchilik vakillari ham faol
ishtirok etdi, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati
rahbari, kapitan F.Toshboyev. – O‘quv mashg‘ulot jarayonida shartli ravishda
garovga olingan bino va inshootlarni, shaxslarni qutqarish ishlari tezkorlik
bilan bajarildi.
Xonadonlardagi
ijtimoiy vaziyat atroflicha o‘rganildi. Shaxsiy tarkibning jangovar shaylik
darajasi oshirilib, tuman hududini mudofaa qilishga, har qanday ko‘rinishdagi
huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga e’tibor qaratildi. Shu maqsadda
ichki va tashqi xalqalar tashkil etilib, blok-postlarda Mudofaa vazirligi va
ichki ishlar idoralarining sohaviy xizmat xodimlaridan iborat shaxsiy
tarkibning tunu-kun xizmat olib borishi tashkil etildi.
Aholining
tinch, osayishta va farovon turmushini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbir
doirasida Mehr-oqibat mahalla fuqarolar yig‘inida tezkor profilaktik qidiruv
o‘tkazildi. Guliston mahallasi hududida viloyat IIB harbiy safarbarlik bo‘limi,
O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus operatsiyalar muvofiqlashtirish boshqarmasi
Surxondaryo viloyati buyicha maxsus otryadi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi
safarbarlik otryadi va Milliy Gvardiyaning Surxondaryo viloyati harbiy
xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan shartli ravishda garovga olingan
shaxslarni ozod qilish bo‘yicha maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti ham soha
xodimlarining professional mahorati va jangovar shaylik darajasini keng namoyon
etdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Комментариев нет:
Отправить комментарий