ISTIQBOLLI LOYIHALAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir
Po‘latov Avstriyaning “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi rahbari Ahmad Ramzaniyni
qabul qildi.
Hozirda “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi
Muzrabot tumanida qiymati 35 mln. dollarga teng bo‘lgan yuqori sifatli ketchup
ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda.
Uchrashuv chog‘ida ushbu istiqbolli loyiha asosida olib kelingan 6
ming tonnalik muzlatgich jihozlari imkoniyatlari, zavod va muzlatgich binolari
qurilishining borishi, 1 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona faoliyati
haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, kompaniya bilan imzolangan memorandumga muvofiq,
tumanda qo‘shimcha yana umumiy qiymati 15 mln. dollarga teng bo‘lgan tayyor
tekstil mahsulotlari hamda ohakdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihalarini amalga
oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama etildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot
xizmati
Комментариев нет:
Отправить комментарий