Jurnalistlar
uyushmasi tashabbusi
Kuy-qo‘shiq, san’atga oshno insonlar hech qachon
yomonlik istamaydi. Viloyatimiz esa azaldan madaniyat o‘chog‘i bo‘lib kelgan.
Shu sabab san’atsevar yurtdoshlarimizga Muhtaram
Prezidentimiz tashabbusi bilan Navro‘z bayrami kunlarida Termiz shahrida
muhtasham San’at saroyi barpo etilishi katta sovg’a bo'ldi.
Bugungi
kungacha esa san’at saroyi sahnasida ijodiy
faoliyatni davom ettiriyatgon Mannon Uyg’ur nomidagi viloyat musiqali drama
teatrining ilk tomoshasi O’zbekiston xalq
shoiri, dramaturg Usmon Azim qalamiga mansub “Alpomishning qaytishi” spektakli
bo’ldi. Uni ko’rish uchun
viloyatdoshlarimiz har kun tashrif buyurishmoqda. Kuni kecha O’zbekiston
Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi boshqaruvi raisi Norquvvat To’rayev tashabbusi
bilan bir guruh faxriy va hozirda
faoliyat olib borayotgan jurnalistlar “Alpomishning qaytishi” namoyishiga jam
bolishdi.
Spektakl boshlanishi avvalida butun zal tomoshabinlar
bilan to’ldi. Barcha kutgan asar qahramonlar, teatrning
zabardast va iqtidorli yosh san’atkorlari
sahnada namayon bo’ldi. Kundalik hayotimizda yuz berayotgan voqea-hodisalar,
zamonamiz qahramonlari siymosini sahnada ko‘rishning zavqi bo‘lakcha. Yurt
o’gloni Alpomishni Qalmoq elidan qaytib
Qo’ng’irot elini dushmanlardan ozod qilinishi voqealarini san’atsevar insonlar
katta qiziqish bilan kutib oldi.
Surxoncha qo’shiqlar, davrga mos liboslar va o’ziga
hos dekoratsiyalar va asosiysi mohirona ijro bizda katta taasurot qoldirdi.
Spektakl so’ngida tomoshabinlar ham aktyorlar mahoratini munosib taqdirlab
qarsaklar sadosi ila pardalar yopildi. Xalqimizda
shunday naql bor yuz marotaba eshitgandan ko‘ra, bir marotaba ko‘rgan yaxshi
degan. Yuz bora eshitgandan bir bora “Alpomishning qaytishi” spektaklini
ko'rishga siz ham boring.
Mastura Xamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий