понедельник, 30 октября 2017 г.

Osmonlarga bo’ylashgan buyuk inson

Uzoq o’tmish. Oʻzbekiston  mustaqilligi  eʼlon qilingunga qadar UzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi bo’lgan bu  inson qat’iy metin iroda bilan Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobolarimizga beshik bo’lgan yurtni hurlikka yetaklab, 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasini ozodlikka erishtirdi. Bu davlat va siyosat arbobi,  Oʻzbekiston Respublikasining  birinchi  prezidenti,  Oʻzbekiston Qahramoni Islom Abdugʻaniyevich Karimovdir.


1991-yil 31-avgustda tarixiy voqea yuz berdi. Bu voqeani kurish uchun ne ne insonlar qahramona jon bermagan dersiza. Lekin shu voqea yuz berdi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Uni baralla Islom Karimov butun dunyoga ma’lum qildi. Yo’lboshchiga ishongan xalq bu insonni Prezident bo’lishini istab, uni Prezident bo’lishi uchun ovoz berdi. Mustahkam ishonch esa uzini namayon qilmay qolmaydi albatta. Shu uchun o’zbek ahli ul zotni 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumida ham qayta saylandi va  Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda ul zot muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib yana qayta saylandi.
Yurt kelajagini xalq faqat Islom Karimov nigohida ko’rardi. Shu sababmi u kishi umrining so’ngi nafasigacha yurt dardi ila yashadi, xalqini  jonidan  ortiq  yaxshi  ko’rdi  va  har  doim  o’z  xalqi  bilan birga  bo’ldi hatto  umrining oxiriga qadar. Shukrkim ul zotning davomchisi bugungi Prezidentimiz Shavkat Miromonovich davom ettirib, Islom Karimov boshlagan nurli yo’lni charag’on qilmoqda.
Islom  Karimov  bobomizdan buyuk bir ma’naviy hazina ham qolganki unga qanchalik nazar tashlasak shunchalik tafakkurimiz tiniqlashib dunyo qarashamiz kengayadi. Bu ul zot yozgan asarlardir. Ularda jamlangan purma’no fikrlar shu yurtda yashayotgan har bir farzandga bir olam bilim ulashgaydir. "Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli", "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang", "Oʻzbekiston-bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli", "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin", "Istiqlol va maʼnaviyat", "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir", "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "Barkamol avlod orzusi", "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari", "Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq", "Olloh qalbimizda, yuragimizda", "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz", "Tinchlik uchun kurashmoq kerak", "Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari" va “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kabi asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan.  O’quvchilar soni ortib hatto bu asarlar inglizrus,fransuzispannemishindxitoyarabkoreysturk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.
Islom Karimovdek buyuk inson bizning qalbimizda mangu yashaydi. Chuqur hurmat ramzi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev  2017-yil 25-yanvar qaror chiqardilar. Unga asosan 2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi, Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jomeʻ masjidi” deb nom berildi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqildi.
Shuningdek, Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etishmoqda, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi aks etgan haykali  Toshkent va Samarqand shahrida o’rnatildi. Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirildi. Asaka shahridagi avtomobil zavodiga, Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomini berildi.
Bu kabi ishlar qatori har bir o’zbek qalbida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yodi abadiy ekan, ul zot har birimiz qalbimizda yashaydi.

Mastura Hamroyeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...