Hunardan zar bitgan qiz
Mehnat mehnatning tagi rohat deyishdi dono halqimiz. Bu bejiz emas.
Atrofimizda shunday insonlar borki hunarni san’at darajasiga ko’tarib o’z ijodi
bilan barchani lol qoldiradi. Ana shunday iste’dod egalaridan biri Surxonimning
asl Barchinoyi Aziza Muhammadiyevadir.
Tabiatdan ayol, qizlarimizni
nozik niholga o’xshatishadi. Shuning uchun uni asrashga harakat qilishadi.
Lekin aslida esa uning kuchi oldida barcha tan berishi ayni haqiqat. Azizaning
ham tinim bilamay mehnat ila yuksalayotganligi insonni havasini keltiradi.
Bugun u “Aslzoda” kelin liboslari salonini yuritadi. Liboslar dizaynidan
boshlab butun bir bo’lajak kelinlarimizning to’y oqshomi ko’rinishini uning uzi
yaratadi. Bir birini takrorlamaydigan obrazlar qizlarning o’zini malikalardek
his qilishlariga imkon bermoqda.
Bo’sh vaqtida hunarmandchilik
buyumlari yasaydigan qahramonim Toshkent davlat yengil sanoat instituti
liboslar dizayni fakultetini tamonlagan. 2 nafar farzandning onasi bo’lgan
Aziza maqsadlarini aniq bilib ish boshlab, nafaqat o’zining balki bugun besh
nafar qizlarni ish bilan ta’minlagan. Ular bo’sh vaqtini samarali ish bilan
o’tkazmoqda. Shuningdek munosib izdoshlarni tayyorlash maqsadida ko’plab
shogirdlariga ham hunari sirlarini o’rgatishga ham vaqt topa oladi.
Mehnatsevar qizimizning yaratgan
san’at asarlaridan bugun butun viloyatimiz foydalanmoqda. Ming bor eshitgandan
bir bor siz ham vaqt topib qahramonim bilan ko’rishsangiz sarflagan vaqtizga
achinmaysiz
Mastura Xamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий