THE FASHION SHOW
Viloyatimizdagi “Yoshlar markazida yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash va
ularning iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida
“THE FASHION SHOW” milliy va zamonaviy liboslar namoyishi va “Yangi nigoh” roliklar tanlovi doirasida tashkil
etilgan “Kamolot press” ijtimoiy vidio roliklar taqdimoti bo’lib o’tdi
“Kamolot” YOIH
viloyat Kengashi “Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi” hamda
“Yoshlar markazi” to‘garaklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur
tadbirda kiyinish madaniyatini san’at darajasiga ko‘tarolgan ijodkorlar Damir Inyushov, Aziza Xotamova, Latofat Toshboeva, Zarina
Karajaeva, Jaylovova Durdona, Gulhayo Xulkalieva, Iroda
Omonova, Nilufar Kenjaeva, Barchinoy Karimovalarning liboslar to‘mlamlari katta qiziqish bilan kutib olingan bo’lsa, jamiyatda uchrab
turadigan ayrim muammoli vaziyatlarga nisbatan o‘z munosabatini aks ettirgan yoshlarimiz o’z ijtimoiy vidio
roliklari taqdimoti bilan yig‘ilganlarda katta taassurotlar qoldirdi.
-Avvalo, bu tadbir
yosh iqtidor sohiblarini kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi,- deydi biz
bilan suhbatda Kamolot” YOIH viloyat Kengashi “Faol va iqtidorli yoshlar bilan
ishlash bo‘limi” boshlig‘i Feruz Qodirov. –Yosh dizaynerlarimiz uzoq vaqt
davomida tayyorgarlik ko‘rishdi. Bugungidek tarixi ming yilliklarga tutash
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va kiyinish madaniyatimizga “ommaviy
madaniyat” soya tashlashga intilayotgan bir vaqtda ijodkordarimiz tomonidan
yaratilgan liboslar to‘mlami ayni muddao bo‘ldi. Muhimi, yoshlarimiz bugungi
tadbir bilan to‘xtab qolishmaydi. O‘ylaymanki, bugungi liboslar namoyishi
ularga katta sahnalarga chiqish uchun zamin vazifasini o‘taydi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan bir guruh yosh dizaynerlar va vidio roliklar mualliflari tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari, tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi.
Mastura
Комментариев нет:
Отправить комментарий