вторник, 15 декабря 2015 г.

BLOGGER: ……

Bugungi hayotimizni internet tarmog’isiz ta’savvur qila olmaymiz. Shunday emasmi tengdoshim? Sababi men har kuni bu tamoqqa murojаat qilaman. Mening kelajagim bevosita unga bog’liq. Zero, men kelajakda yetuk internet jurnalistikani viloyatimizda rivojlantirib sohamni mohir jurnalisti bo’lmoqchiman. Bu yo’lda men internetda bugungi kunda sayt ko’rinishida o’z blogimga egaman.

Turli saytlarda maqolalar yozib turaman. O’zganmoqchi bo’lgan yoshlarga internetning yaxshi jihatlaridan foydalanishni tushuntirib boraman. Hali Surxondaryoda unchalik  tanilmagan BLOGGER tushunchasini anglatmoqdaman. Kim so’rasa bloggerman deya javob bergan vaqtlarimda ajablanib uning nimaligini bilmaydigan tengdoshlarim ham talaygina. Ular faqat ijtimoiy tarmoqlarni internet deya tushunishadi. Lekin faqat shu bilangina chegaralanib qolmagan. Uning makoni cheksiz. Uni qay holatda ishlatishgina o’zimizga bog’liq. Birgina misol o’zimning hayotimdan eshiting....
Aksariyat insonlar faqatgina zararli oqimlarga tortadi degan internetdagi blogim faoliyati orqali respublika miqyosidagi ko’plab tanlovlarda g’olib bo’lganman. Olgan diplomlarim menga g’urur bag’ishlasa, qo’lga kiritgan sovrinlarim oilamga foyda keltirmoqda. Yaqinda shu blogimda chop etilgan 10 dan ortiq maqolam bilan Sog’liqni saqlash vazirligining “O'zbekistonda  onalik va bolalik muhofazasi bo'yicha xizmatlarni takomillashtirish” loyihasi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida amalga oshirayotgan “Hududiy OAVning salohiyatini oshirish” loyihalari doirasida Yevropa Ittifoqi va YUNISEFning moliyaviy ko'magida jurnalistlar uchun “O'zbekistonda onalik va bolalik muhofazasi bo'yicha xizmatlarni takomillashtirishning OAVda yoritilishi” mavzusida eng yaxshi jurnalistik material uchun tanlovida «Internet nashridagi eng yaxshi maqola» naminatsiyasida g’olib bo’ldim. Katta quvonch ila diplomni va estalikka berilgan televizorni olib Surxondaryoga qaytar ekanman, ich ichimdan chuqur g’urur tuydim. Ota-onamning faxr ila meni maqtashlarining o’zi men uchun olam-olam baxt edi. Mehnat va internet yaxshi  jihatlaridan foydalana olganim mening yutug’imga aylandi. Bu men uchun katta omad. Zero mendek oliy ma’lumotli bo’lmagan havaskor jurnalist uchun o’z sohamni egallash uchun bir qadam bu. Har kunim izlanish, internet jurnalistikasini o’rganish bilan o’tmoqda. Sizchi tengdoshim? Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda vaqtizni o’tkazmoqdamisiz hali ham? Yoki mendek  axborot texnologiyalarining yangi qirralarini kashf qilmoqqqa shaylandizmi hikoyamni eshitib a????
Mastura Xamroyeva




Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...