воскресенье, 10 мая 2026 г.

 Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator yoshlar hamda ota-onalar ishtirok etdi.


Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun borgan askarlarga davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.



Shuningdek, tadbir davomida bir qator yoshlar sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgani uchun tantanali ravishda taqdirlandi. G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilandi.

Shundan so‘ng harbiy orkestr tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi. Faxriy qorovul jamoasi esa saf chiqishlari va ko‘rgazmali chiqishlari bilan yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.



Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun "Oʻzbek Arsloni" filmi namoyish etildi. Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga muvofiq, Oʻzbekfilm kinokonserni hamda Cinema of Central Asia studiyasi hamkorligida suratga olingan.
Ikkinchi jahon urushi voqealari fonida yaratilgan ushbu film oddiy qishloq yigiti — Mamadali Topivoldiyevning mashaqqatli va jasoratga boy hayot yo‘lini hikoya qiladi. U frontdagi og‘ir janglarda mislsiz matonat ko‘rsatib, dushman ortidagi xavfli operatsiyalarda ishtirok etadi. Og‘ir yaralanganiga qaramay, iroda va do‘stlik tufayli omon qoladi hamda partizanlar safida “Kazbek” laqabi bilan afsonaga aylanadi.
Filmda jang maydonidagi qahramonlik bilan bir qatorda insoniylik, sadoqat va mehr-oqibat tuyg‘ulari ham chuqur yoritilgan. Urushdan keyin esa Mamadali tinchlikning haqiqiy qadriga yetib, qishlog‘ini tiklash, odamlar qalbiga umid ulashish yo‘lida fidokorona mehnat qiladi.
“O‘zbek Arsloni” — bu jasorat, vatanparvarlik va insoniylikni ulug‘lovchi, xotira va ehtirom ruhini o‘zida mujassam etgan tarixiy drama hisoblanadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

 Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator yoshlar hamda ota-onalar ishtirok et...