суббота, 24 февраля 2024 г.

 

Termizda “IT” xizmatlari ko‘rsatuvchi markaz ochildi


  Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “IT Park” bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi dasturiy xizmatlarni eksport qiluvchi va masofadan turib “AyTi” xizmatlari ko‘rsatuvchi BPO markazining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

воскресенье, 18 февраля 2024 г.

                                        Орол денгизи:хали бўнақаси бўлмаган...

 Орол денгизи. Унинг инқирозини кўзи билан кўрмаган инсон тасаввур қила олмайди. Четдан қараганда бир муаммодек туюлган Орол инсониятнинг, бутун дунёнинг фожеаси хисобланади. Бир гурух журналистлар билан ушбу минтақага медиа-турга йўл олганимда холатнинг асл моҳиятини англаб етмаган эдим. Сувсизлик, инсонларнинг кўчиб кетиши бу холатлар  инсонни таъсирлантирмай қолмайди. Аммо шу холатда ҳам туғилган масканини тарк этмай яшашга куч топаётган аёлларни кўриб  ёзмасликнинг иложи йўқ эди.

вторник, 13 февраля 2024 г.

“Bobotog‘” kanalida 30 foiz suv tejaladi
 Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanidagi 18,6 ming gektar maydonni sug‘orish uchun oqova suvlari yetkazib beruvchi “Bobotog‘” kanali 1976-yilda qurilgan bo‘lib, umumiy uzunligi 43 kilometrni tashkil etadi. Prezidentimizning tegishli qarori bilan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga moslashgan holda boshqarish” loyihasi doirasida 2023-2026-yillarda kanalning 25,1 km qismini betonlash rejalashtirilgan.

понедельник, 12 февраля 2024 г.

Bandixon tumanida 150 ish o‘rniga ega korxona ishga tushirildi

  “Chinor” mahallasi hududida “Bandixon agroklaster” MChJning umumiy qiymati 26 mlrd so‘m bo‘lgan, jami 150 ta ish o‘rni yaratilgan, paxtani dastlabki qayta ishlab, tola olish korxonasi ishga tushirildi.  

Ushbu korxona MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning bir qismi bo‘lib, yana 450 ta ish o‘rni yaratiladigan paxta va sun’iy toladan ip-kalava ishlab chiqarish hamda tikuvchilik korxonalari qurilishi ham davom ettirilmoqda. 

вторник, 6 февраля 2024 г.

 
ФУҚАРОСИЗЛИК МУАММОЛАРИ

1991 йилда Иттифоқ парчаланганидан сўнг Ўзбекистонда туғилган кўплаб ўзбеклар ёки бошқа миллат вакиллари республикага қайтиб келишди. Уларнинг барчасида собиқ СССР паспортлари бўлган. 1992-йил 2-июлда мамлакатимизда “Ўзбекистон Республикасининг фуқаролиги тўғрисида”ги қонун қабул қилинди ва унга кўра улар “фуқаролиги бўлмаган шахслар” мақомига эга бўлдилар.

понедельник, 5 февраля 2024 г.

  Viloyat hokimidan tikuv dastgohi so‘ragan Shaxzodaning murojaati bir kunda hal etildi



Termiz shahrida yashovchi Usmonova Shahzodaning otasi birinchi guruh nogironi bo‘lib, u oilada yagona boquvchi. 

суббота, 3 февраля 2024 г.

O'ZBEKISTON-YAPONIYA: ISTIQBOLLI XALQARO LOYIHALAR YANGI BOSQICHDA 

O‘zbekiston-Yaponiya xalqaro iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar parvarishiga oid xizmatlar ko‘rsatish, turizm, o‘quv markazlari tashkil etish, mehmonxona xizmatlari yo‘nalishidagi Yaponiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Termizga tashrif buyurdi. Delegatsiya a'zolari viloyatimizdagi qator ishlab chiqarish, xizmatlar va logistika markazlari hamda tarixiy va diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi.

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...