суббота, 2 декабря 2023 г.

 Korrupsiyasiz kelajak sari!


    «9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»  munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar  kuni» o‘tkazildi.

      Tadbirda huquq-tartibot organlari vakillari, OAV xodimlari, blogerlar, shuningdek, tadbirkorlar va talabalar ishtirok etishdi.


     Bevosita muloqotda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalib, unga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qilish organlarining, balki barchamizning vazifamiz ekanligi qayd etildi. Ta’magirlik, pora berish va olish, ma’lum bir sovg‘a taklif etish evaziga fuqarolarning huquq va manfaatlariga qarshi harakat qilish qonuniy man etilishi, agarda mana shunday holatlar yuzaga kelsa, jinoiy javobgarlikka olib kelishi ta’kidlandi. Shuningdek, ko‘rgazmali vositalar orqali soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida  videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashrif buyurganlar soliq tizimi xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.




Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...