DAVR MUAMMOSIGA AYLANGAN ODAM SAVDOSI
Inson. Uning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlari har qanday
tajovuzlardan himoyalangan bo’lishi shart. Davlatimizda
esa, mustaqillik yillaridanoq, inson manfaatlari eng oliy qadriyat uning
ulug’lash bo’lib, transmilliy jinoyatlardan biri bo’lgan odam savdosining har
qanday ko’rinishiga qarshi kurashish ustuvor vazifalardan biri darajasiga
ko’tarilgan.
Albatta, bugun dunyo hamjamiyatini turli
dinlararo, millatlararo nizolar, diniy ekstremizm, terrorizm noqonuniy
qurol-yaroqlar narkotiklar savdosi kabi tahdidlardan tashqari, keyingi yillarda
avj olib borayotgan qamrovi jihatidan tobora kengayib borayotgan odam savdosi
xavf-xatar solyapti. U yangicha ko’rinishlarida namoyon bo’lmoqda.
Birlashgan millatlar tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra, bir yil ichida
o’rtacha 2 million 800 ming fuqaro odam savdosi qurboniga aylanyapti, 600-800
mingacha ayol va bolalar turli hiyla-nayranglar bilan xorijiy mamlakatlarga
olib ketilgani holda qul sifatida sotib yuborilmoqda.
Xalqaro ekspertlarning
ta’kidlashlircha, ushbu jinoyat sabab jahon bo’yicha 7 milliard AQSH dollari
hajmidagi pul noqonuniy aylanmoqda. Jahon ommasi oldida unga qarshi kurashish
eng dolzarb bo’lgan ushbu jinoyat turi bizning yurtimizni ham chetlab o’tgani
yo’q. Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan
mamlakatimizda odam savdosi jinoyatlarini oldini olish, uni bartaraf etish
maqsadida huquqiy asoslar yaratildi. Mamlakatimizda 2008 yil 17 aprelda «Odam
savdosiga qarshi kurashish to’g’risida» gi qonun va bundan tashqari 2008 yil 8
iyulda "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaror qabul qilindi.
Odam savdosiga qarshi kurashish
fuqarolarning huquqiy madaniyat saviyasi ongi taffakurini yuksaltirish huquqni
muhoqaza qiluvchi organlari oldiga yanada mas’uliyatli vazifalar qo’ymoqda.
O’rni kelganda shuni alohida ta’kidlasak kerak.
Комментариев нет:
Отправить комментарий