Barchamizga ta’luqli
Bugungi kunda BMT ma'lumotiga ko'ra, har yili dunyo bo'yicha
taxminan 2 million 800 ming kishi odam savdosi jinoyati qurboniga aylanmoqda. Achinarlisi,
odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil
etadi.
Ayrim kishilarning ishonuvchanligi,
etarli huquqiy bilimga ega emasligi bu jinoyatning keskinlashuviga sabab
bo'lmoqda. Shu bois ushbu jinoyatga qarshi samarali kurash olib borishda
davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda ham bu borada keng
ko'lamli ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari
bo'yicha 60 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo'shilgan va BMT tomonidan mazkur
sohada qabul qilingan 6 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylangan.
Shuningdek, xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, odam
savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan 30 dan ziyod shartnoma va kelishuvlar
imzolangan.
Odam savdosi, ayniqsa, nihoyatda
serdaromad faoliyat turi sifatida barchani e'tiborini jalb qilmoqda. Agar
statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, quldorlik xukm surgan to'rt
asr davomida uning savdo aylanmasida 12 millionga yaqin odam bo'lsa, so'nggi 30
yil ichida birgina Osiyoda jinsiy qullikka mahkum etilgan ayollar va bolalar
soni 30 milliondan ortiqni tashkil etdi.
Ushbu qilmish tufayli olinayotgan daromad giyohvandlik vositalari va
qurol-yarog' savdosidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. Birlashgan Millatlar
Tashkilotining ma'lumotlarga ko'ra, har yili 600 mingdan 800 minggacha ayollar
va bolalar aldov yo'llari bilan chet ellarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.
Mavjud statistik ma'lumotlarga ko'ra,
o’tgan yillarda respublikamizda 5 ming nafardan ortiq shaxs
odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlardan jabrlangan. Ularning 4
ming 197 nafarini erkaklar, 1102 nafarini ayollar, 182 nafarini voyaga
etmaganlar tashkil etgan.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, bunday
jinoyat jabrlanuvchilarning, ayniqsa, shahvoniy maqsadlarda ekspluatatsiya
qilinayotgan ayollarni aksariyat qismi, ya'ni 78 foizini 16-25 yoshdagi ayollar
tashkil etar ekan.
Yuqorida keltirilgan raqamlardan kuzatishimiz mumkinki, bugungi kunda odam
savdosi ijtimoiy xavfliligi jihatidan kun sayin o'sib borayotgan jinoyatlardan
biri bo'lib, unga qarshi milliy va xalqaro miqyosda kurashni kuchaytirish,
bunday qilmishlarni oldini olishda zarur dasturlarni ishlab chiqish hamda
mazkur muammoga qarshi kurashishning xuquqiy asoslarini yanada mustahkamlash
lozimligini davrning o'zi talab qilmoqda.
Комментариев нет:
Отправить комментарий