TERMIZ:
yuz berayotgan o’zgarishlar
Istiqlol. Surxondaryo viloyatini, ayniqsa uning markazi bo‘lgan jonajon
Termiz shahrimizning qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Bugun ko’chalarni
kezmang yangilanishlardan bu zaminni taniy olmaysiz. Shuning uchun ham unga
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
farmoniga asosan «Amir Temur» ordeni
berilgani ham yarashib turibdi.
Qisqa 26 yil davomida shahar
qiyofasining o’zgarishini ko’z oldimizga keltirsak faxrlanadigan o’zgarishlar
talaygina. Misol uchun Termiz davlat universitetining yangi, zamonaviy binosi,
10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan «Surxon» sport majmuasi, yana «Yoshlar markazi» bilan «Baxt uyi» binolarini
aytmaysizmi. Barchasini aytsak bir kitobdan oshgulik bunyodkorlik ishlari
bisyor.
Har gal ishga yo’l olganimda keng va ravon avtomobil yo‘llari, ko‘p
qavatli turar-joy, jamoat va servis xizmatlari ko‘rsatadigan binolarni ko’rib
hursand bo’laman. Ayniqsa tariximizdan so’zlab turgan obidalarimiz haqida
gapirmasam ham ularning o’zi bir
maqolamga mavzu bo’ladi. Termiz shahrining 2200 yilligi munosabati bilan
tashkil qilingan Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Arxeologiya muzeyi
yaqindagina ta’mirdan chiqib, bugun
undagi eksponantlarni ko’rish istagida insonlar bilan gavjum bo’lsa
qayta ta’mirlanib, obodonlashtirilgan Hakim at-Termiziy, Iso At-Termiziy
ziyoratgohlaridan sayyohlar qadami uzilmaydi.
Mustaqillik yillarida Angliya,
Xitoy, Rossiya, Koreya va boshqa xorijiy mamlakatlar bilan ko‘plab qo‘shma
korxonalar tashkil qilindi. Quvonarlisi, Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali aholi farovonligini ta’minlashga yuksak
e’tibor qaratmoqda. Natijada Termiz shahrida bir qancha yangi korxonalar ish boshladi. Bu haqida viloyat hokimligi
saytida o’qib qoldim. Shahrimizda umumiy qiymati 1 mln. dollar bo‘lgan
zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan Sandwich panellari ishlab chiqaruvchi “SURKXON
SANDWICH” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishga tushirildi. Ushbu korxonada
bugungi kunda 30 kishi ish bilan ta’minlandi. Korxona bir kunda 2 ming metr
tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga egaligi bilan yetakchi. Sandwich
panellari Koreya-Xitoy texnologiyasi asosida ishlab chiqarilmoqda.Ayni paytda
korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotga asosan to‘qimachilik va yengil
sanoat korxonalari buyurtmachi. Xususan, “Sherobod tekstil invest”, “Amudar
teks” korxonalariga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanib,
Respublikaning boshqa viloyatlaridan ham buyurtmalar qabul qilinmoqda.
Shuningdek, korxona ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash bilan bir
qatorda, chet mamlakatlarga ham eksport qilishni rejalashtirgan.
Bu kabi
korxоnalar soni ortishi esa viloyatimizda maxsulot hajmi
ortishiga axolining bandligini ta’minlashga va ularning turmush darajasi yanada
yaxshilanishiga zamin yaratmoqda. Shunday korxonalardan "Amudar Teks" O‘zbekiston - Angliya qo‘shma korxonasi ishga
tushirilgach, 400 kishining bandligi ta’minlanib, yiliga 5 ming tonna kompakt
ip-kalava va 3 ming tonna bo‘yalgan ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yiladi. Buning uchun 28 mln. dollar mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Sherobod tumanidagi
"Sherobod tekstil invest" MChJda ham yiliga 15 ming tonna ip-kalava,
5 ming tonna bo‘yalgan ip-kalava, 4 ming tonna trikotaj mato, 2,5 mln. dona
tikuvchilik mahsuloti ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Zamonaviy xorij dastgohlari o‘rnatiladigan
ushbu korxona to‘la quvvat bilan ish boshlagach, 600 ta yangi ish o‘rni
yaratiladi. Qiymati 58 mln. dollar bo‘lgan mazkur loyiha 2018-2019 yillarda ish
boshlashi nazarda tutilgan.
Kundan-kun rivojlanayotgan
Termiz har tamonlama chiroy ochmoqda. Mustaqillik bergan imkoniyatlar shahar
husniga ko’rk bag’ishlab, uning bag’rida yashayotgan insonlarning har kuni
shukronalik ila o’tishiga sabab bo’lmoqda. Shu zaminda faxr bilan yashayotgan insonlar yanada
shaxrimiz gullab-yashnashi uchun hissa qo’shmoqda. Xullas, shahrimizda yuz bergan va yuz
berayotgan o‘zgarishlar bisyor. Bunyodkorlik ishlari esa bardavom bo’lib,
kelajak avlod uchun faqat ko’rkam va tarix bilan uyg’unlashgan Termiz
qurmoqdamiz.
Mastura Xamroyeva
Комментариев нет:
Отправить комментарий