Yashil makon tashabbusi bilan tabiatni asraymiz
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga ko‘paymoqda. Atrof-muhitga tashlanadigan maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish chiqindilarni bartaraf etishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Masalan, oddiygina chiqindiga aylangan makalaturadan qog‘oz olish nafaqat daraxtlarning kesilishini kamaytiradi, balki elektr quvvatining sarfini to‘rtdan uch qismga qisqartiradi. Bir tonna qog‘ozni qayta ishlab chiqarishga uni yog‘ochdan tayyorlash uchun ketadigan suvning yarmi sarf bo‘ladi.
Shu bilan birga yana bir achinarli holat chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash eng ko’p kuzatiladigan ekologik huquqbuzarliklar biri hisoblanadi. O’tgan 2023-yilni oladigan bo’lsak, birgina Surxondaryo viloyati miqyosida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holati 1518 tani tashkil etadi. Bu juda ham ko’p ko’rsatkich. Shuningdek, aholi tomonidan ko’p tashlanadigan manzillarda ekologiya vazirligi tomonidan bugun viloyat bo’yicha 25 ta kuzatuv kameralari o’rnatilgan bo’lib, ana shu kuzatuv kameralari orqali bugungi kunga qadar 100 dan ortiq fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida jami 12 ta chiqindi poligoni mavjud bo’lib, 6 ta sanitar tozalash korxonalari voha ahliga xizmat qiladi. Viloyatda yil davomida jami 380-400 ming tonna chiqindi chiqariladi. Shundan 120-130 ming tonnasi 15 ta qayta ishlash korxonalari tomonidan qayta ishlanib, yarim tayyor va tayyor mahsulotga aylantiriladi. Bu esa yil davomida umumiy chiqariladigan chiqindini 30% ga to’g’ri keladi.
Tan olish kerakki atrof -muhitni
ifloslanishi yildan yilga ortib bormoqda. O’tgan 2023-yil davomida atmosfera havosini
muhofaza qilish bo’yicha 1269 ta huquqbuzarliklar aniqlangan bo’lib, 220,5 mln
so‘m miqdorida jarima solingan. Misol uchun o’tgan yil davomida Angor tumanida
186 ta huquqbuzarliklar atmosfera havosiga zararli tashlamalar, butalarni
yoqish holatlari aniqlangan. Nafaqat Surxondaryo
balki respublika miqyosida bu kabi xolatlarni oldini olish, kelajak avlodga
toza havo va tabiatni asragan xolda yetkazish maqsadida Yurtboshimiz tashabbusi
bilan yurtimiz bo’ylab “Yashil makon” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi
kunimiz uchun ekish kerak” deganlaridek ushbu tashabbus qisqa muddatda ko’lami
kengayib, barchani o’z atrofida birlashtirdi.
Birgina Surxondaryoda “Yashil makon” loyihasi asosida atrof yashillika burkanib bormoqda. Jumladan, birgina yil boshidan buyon Uzun tumani “Chinor” MFY hududidagi ikki yarim gektar yer maydoniga, Muzrabot tumanida "Yashil makon" loyihasi doirasida "Sopollitepa" mahallasida 10 gektar yer maydonida 10 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari 200 mingdan ortiq qalamchalar qadaldi.
“Yashil
makon” umummilliy dasturi doirasida Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari
Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan avtomobil
yo‘llari yoqa-siga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari
asosida Jarqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydala-nish korxonasi davlat muassasasi
xodimlari tomonidan Davlat ahami-yatiga ega bo‘lgan 4R100 “Manguzar
q.-Jarqo‘rg‘on sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yo‘lining
Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangiobod” mahallasi hududidan kesib o‘tuvchi 38-42-kilometrlari
oralig‘iga 3200 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. "Yashil makon"
umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari Yuqori Toʻpalang milliy
tabiat bogʻida ham qizgʻin olib borilib,
hududda bahorgi koʻchat ekish mavsumi
davomida jami 1 ming 350 tup mevali va
manzarali daraxt koʻchatlari yerga qadaldi.
Termiz tumani "Mustaqillik"
mahallasida 17 gektar maydonda "Yashil bog‘" tashkil etilmoqda.
Hududda tut, terak, jiyda, tol ko‘chatlari va qalamchalari ekilmoqda. Bahorgi ko‘chat ekish mavsumida angorlik 670 200 tup
manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekishi rejalashtirilgan. Hozirgi
kunga qadar tuman bo‘yicha jami 346 ming tupdan ortiq ko‘chatlar o’tkazildi. Qumqo’rg’on
tumani “Uyas” mahallasida 4 gektar yer maydoniga 6 minga yaqin mahalliy iqlimga
mos mevali daraxt ko‘chatlari va qalamchalar o’tkazildi. Darhaqiqat, butun mamlakatimiz bo‘ylab quloch
yoygan ushbu ezgu tashabbus atrofimizni yashillikka burkash hamda ekologiya
musaffoligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
2022-yilda Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkilot (BMT) Bosh Assambleyasiga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif kiritgan edi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra, 30-mart butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro chiqindilarsiz kun” deb e’lon qilindi. Ayni shu sana munosabati bilan Surxondaryo viloyatida keng ko'lamda ekoaksiya o'tkazildi. Jumladan sana munosabati bilan Termiz shahrining "Guliston" mahallasida “Amudaryo dam olish maskani” hududida "PLOGGING" aksiyasi o'tkazildi. Tadbirda ekovolontyorlar, ko'ngilli yoshlar ko'chalar bozorlar, hiyobonlarda tashlangan chiqindilarni tozalash ishlarida faol qatnashishdi. Shu bilan birga Yuqori To'palang milliy tabiat bog'i xodimlari ham 30-mart Xalqaro chiqindisiz kun munosabati bilan plogging aksiyasini o'tkazishdi.
Bugun yurtimizda keng tus olgan “Yashil
makon” umummilliy harakati, plogging aksiyalari barchasidan ko’zlangan maqsad yurtimizda
yashil-likni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini
saq-lashga qaratilmoqda. Ushbu yo’lda yana bir qadam ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va
iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonida
ishonch telefonlari yo’lga qo’yilgani bo’ldi. Chiqindilarni boshqarish
sohasi hamda tizimdagi tashkilotlar faoliyatiga tegishli aniq va konkret
masalalar yuzasidan takliflar, shikoyatlar, murojaatlarni endilikda ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Sanitar
tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining 1205 hamda 1275 ishonch
raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali
bayon etish imkoniyatiga yurtdoshlarimiz ega bo’ldi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий