вторник, 30 января 2024 г.

 100 nafar mohir kashtado‘z  rekordni yangilashmoqchi


Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda - boysunlik hunarmandlar rekordni yangilashmoqchi!

Vohamizda o'tkaziladigan “Boysun bahori” ochiq folklor festivali uchun boysunlik hunarmandlar tomonidan uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil etadigan milliy so‘zana tikilmoqda.

Naqshinkor milliy so‘zanani nozik did, yuksak mahorat bilan tikish uchun “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibasi Malika Podshoeva boshchiligida 100 nafar mohir kashtado‘z jalb etilgan. Hozirda alvon matoga surxoncha serjilo naqshlar chizmasini tushirish hamda tabiiy usullarda bo‘yalgan kalava iplarni tanlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, boysunlik hunarmandlar tomonidan tikilgan, uzunligi 25 metr, eni esa 6 metrni, og‘irligi 60 kilogrammni tashkil etgan, hozirgi kunda dunyodagi eng katta so‘zana 2019-yilning aprel oyida Termiz shahrida o‘tkazilgan baxshichilik san’ati festivalida ilk bor namoyish etilgandi.



Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...