пятница, 26 мая 2023 г.

Plastik kartadan hamyonga hujum

Plastik kartadan hamyonga hujum

Plastik kartadan firibgarlik yo‘li bilan pul o‘marish. Bugun bu usul mo’maygina mablag’ topishning samarali usuliga aylangan va  ommalashib ham ulgurgan.  Kun ora shunday xabarlarga ko’zimiz tushadiyu ammo bu bizning boshimizdan o’tmaydi deb o’ylaymiz. Yoki bo’lmasa xabardormiz bunday xolat menda uchramaydi deya ishonamiz o’zimizga. Ammo shunday xolatlar bo’ladiki siz duch kelganda qanday ularning tuzog’iga ilinib qolganingizni bilmaysiz. Ulardan biri Dildoradir..

Atrofimizga qaraganimizda bunday xolatlar bo’layotganligini ko’ramiz yoki eshitamiz. Shunday xolatlarda bir ikki tavsiyalar ham borki bilib olsangiz kelajakda siz aldanib qolmaysiz. Unutmang firibgarlar o‘zlarini bank xodimi yoki “Click Evalution” kabi to‘lov tizimlaridan ekanini aytib, “Plastik kartangizga kiberhujum bo‘lyapti, hozir sizga maxfiy kod yuboriladi, uni zudlik bilan aytishingiz kerak, bo‘lmasa, kartangizdagi pullardan ayrilib qolasiz”, deydi. Sodda insonlar esa vahima va qo‘rquv ostida bunday aldovlarga ishonib, darhol telefoniga kelgan SMS-kodni aytadi va kartasidagi bor mablag‘dan ayriladi. “Pul yutib olishingiz mumkin”, “Sovg‘a yutib oldingiz”, “Sizga qanchadir mablag‘ meros qoldi” yoki “Sizga birorta fond tomonidan pul ajratildi, uni ushbu havola orqali olishingiz mumkin” kabi jozibador xabarlar orqali insonlarni ishontirib, shaxsiy ma’lumotlarini bilib olish holatlari ham ko‘p kuzatiladi. Pul yutib olganiga yoki kutilmaganda “merosxo‘r” bo‘lib qolganiga ishongan sodda odamlar esa havola orqali maxfiy ma’lumotlarini kiritib, “merosxo‘r” yoki “sovrindor” emas, balki fishing qurboniga aylanadi. Sarmoya taklifi. Firibgarlar, shuningdek, o‘zlarini treyding yoki qandaydir qurilish kompaniyasi vakili sifatida tanishtirib, “Siz bizga ma’lum miqdorda sarmoya kiritish evaziga ko‘p pul ishlab olishingiz mumkin”, deb ham odamlarni “gipnoz” qilyapti. Achinarlisi, oramizda mana shunday oddiy yolg‘onlarga ishonib qolayotganlar ham yo‘q emas.

Birgina shoshib chiqarilgan qaror sizga qimmatga tushishi mumkin. Yodingizda bo‘lsin, bank xodimi hech qachon sizdan bank kartangiz raqami va telefoningizga kelgan kodni so‘ramaydi. Hech kim biror yutuq va pul mukofotlarini osonlikcha hadya etmaydi yoki o‘z-o‘zidan sizga meros qoldirmaydi.  

Mastura Xamrayeva


Комментариев нет:

Отправить комментарий

Халқ — давлат ҳокимиятининг бирдан-бир манбаи   Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг аввалги таҳрири 1992 йил 8 декабрда Ўзбекистон х...